Aholining ruhi va kayfiyati


Saqlash
18:05 / 16.05.2023 0 739

Aholining ruhi va kayfiyati – jamiyatning umumiy iroda va intilishini ifoda etadigan tushuncha. Aholining ruhi deganda jamiyatning umumiy orzu-intilishlari qanday maqsadlar sari yoʻnalgani, uning safarbarlik darajasi tushuniladi. Muayyan shaxslar va jamoalar vakillari oʻz xalqi ruhining ifodachisi hisoblanadilar. Masalan, Alisher Navoiy – oʻzbek xalqi ruhining ifodachisi. Aholining ruhi xalqning tilida, diniy qarashlari, maʼnaviyati va madaniyati, anʼana va qadriyatlarida namoyon boʻladi. Aholining ruhi va kayfiyati uzoq davom etadigan va oʻziga xos taraqqiyot natijasi boʻlgan hodisadir. Unga ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanish, tarixiy rivojlanish, millatlararo munosabatlar, madaniy rivojlanish va shu kabi bir qator omillar taʼsir koʻrsatadi. Aholining ruhi va kayfiyati islohotlar va oʻzgarishlarni samarali amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 664
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234139
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56839
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51276
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39502
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39361
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39120
“Avesto”

//