Bilasizmi?
Aqida (arabcha ishonch) – shak keltirmasdan, muhokama qilmasdan bajarish, eʼtiqod qilish lozim boʻlgan qoida va talablar. Aqida qanday shaklda boʻlmasin, muayyan ishonch va eʼtiqod asosida shakllanadi. Kishilar hayoti va turmushining barqaror hodisasi sifatida ularning maʼnaviyati, taʼlim-tarbiyasi va xulq-atvoriga taʼsir qiladi. Aqidaga xos eng muhim jihatlardan biri uning ijtimoiy xususiyatga hamda individual zohiriylikka ega ekanidadir. Aqida nafaqat diniy, balki dunyoviy asosga, obyektiv zaminga ega boʻlishi ham mumkin. Ammo bu uning obyektiv haqiqat ekanini anglatmaydi. Diniy aqidalarning asoslari muayyan dinlarning asosiy natijalarida, ularga xos qonun-qoidalar va talablarda ifodalangan. Masalan, islom aqidalarining asosi Qurʼon va hadislardagi meʼyor hamda koʻrsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan.
Islomning sunniylik mazhabida eʼtirof etiladigan aqidalar yettita: bular Allohning yagonaligi, farishtalar, muqaddas kitoblar, paygʻambarlar, oxirat va taqdirga, insonning qiyomat kuni qayta tirilishiga ishonishdan iborat. Islom VII asrda shakllangan boʻlsa-da, ilohiyot ilmidagi aqidaviy taʼlimotlarning shakllanishida IX asr oxiri, X asrning birinchi yarmi alohida ahamiyat kasb etdi. Chunki bu davrda kalom ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan moturidiya va ashʼariya taʼlimotlari vujudga kelgan. Imom Moturidiy va Imom Ashʼariy ilmiy-maʼnaviy merosida butun musulmon olamiga xos boʻlgan umumiy qoidalar oʻz aksini topgan. Bu – ahli sunna val-jamoatning ikki maktabi orasidagi aqidaviy masalalarga oid farq boʻlib, ularning biri lafziy (ifodadagi), ikkinchisi maʼnaviy (mazmuniy) tusga ega.
Aqidaparastlik – kishilarning qalbi va ongiga mafkuraviy tazyiqlar asosida singdirilib, eʼtiqod darajasiga koʻtarilgan dunyoqarash shakllaridan biri. Aqidaparastlik ikkita shaklda namoyon boʻladi: aqidaning dunyoviy shakli (egoizm, shovinizm, kommunizm, bolshevizm, ateizm, millatchilik va boshqa); aqidaning diniy shakli, (vahhobiylik, “Hizb uttahrir”, “Hizbulloh”, “Alqoida” va boshqa). Aqidalarni zamon va makondan ajratgan holda anglab, ularni mutlaq oʻzgarmas haqiqat deb biladigan, shunday boshqa qarashlarni tan olmaydigan gʻoyaviy-mafkuraviy oqim vakillari aqidaparastlar deb yuritiladi. Islomning sunniylik oqimi ilohiyotchilari Qurʼoni Karim va hadisi sharifga asoslanib ishlab chiqqan yettita iymon talabini aqida deb hisoblaydilar.
Shialik oqimida beshta aqida imon talabi hisoblanadi. Bular – Allohning yagonaligiga, paygʻambarlarga, imomat (oliy hokimiyat imom – paygʻambar avlodi qoʻlida boʻlishi)ga, adl (ilohiy taqdirning ado latliligi)ga, oxiratning roʻy berishiga ishonchdan iborat. Biroq barcha dinlarda, jumladan, islomda iymon talablaridan boshqa qator tushunchalar ham aqida hisoblanadi. Har bir diniy tashkilot (diniy konfessiya) va muayyan diniy jamoa oʻzi haqiqatning oxirgi nuqtasi sifatida qabul qilgan ilohiy tushunchalarga qatʼiy ravishda ishonch ruhini dindorlar ongiga singdirish uchun juda koʻp vositalar, uslublardan foydalanadi. Eʼtiqodlariga xilof boʻlgan oʻzgacha qarashlar va munosabatlar qaror topishiga iloji boricha qarshilik koʻrsatadi. Ana shu jarayonda qavmlarda muayyan andozaga tushgan yaxlit dunyoqarash, dunyoni his etish shakllanadi. Inson feʼl-atvori, faoliyati maʼlum bir izga tushiriladi. Shundan kelib chiqib, tabiiy va ijtimoiy hodisalarga munosabat belgilanadi. Aqidaparastlikni fundamentalizm, diniy ekstremizm tushunchalari bilan ham aynanlashtirish ularga noilmiy yondashuvlarga sabab boʻladi. Bu tushunchalarda umumiy oʻxshash jihatlardan tashqari jiddiy tafovutlar borligini ham nazarda tutgan maʼqul.
Diniy bilimlarni tarixiy davrdan va real ijtimoiy voqelikdan ajratib oʻzlashtirib olgan, binobarin, dinlarning asl insonparvarlik mohiyatini tushunmagan va tushunishni istamagan shaxslarni Aqidaparastlar deyish toʻgʻri boʻladi. Ammo aqidaparastlik sof diniy mazmundan koʻra kengroq mohiyatga ega ekanini eʼtiborda tutish zarur. Yaʼni, aqidaparastlik nafaqat dinda, balki ilm-fanda, jumladan, falsafada ham oʻzini namoyon etib, ijtimoiy taraqqiyot, milliy istiqlol va inson kamoloti yoʻliga gʻoyaviy toʻsiq boʻlishi mumkin. Har qanday sohada chuqurroq bilimga ega boʻlmagan yoki dastlabki bilimlari bilan cheklanib, oʻz ustida ishlamay qoʻygan kishilar odatda aqidaparastlikni ragʻbatlantiruvchi ijtimoiy kuch sifatida maydonga chiqadi. Aqidaparastlik oʻta sayoz bilimga ega boʻlgani sababli bahs-munozaraga tish-tirnogʻi bilan qarshi chiqadi. U ijtimoiy va milliy maʼnaviyatni jilovlab qoʻyib, ijtimoiy taraqqiyotni turgʻunlikka, hatto orqaga ketishiga sabab boʻlishi bilan oʻta xatarlidir.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q