Axloqiy aqidalar. Axloqiy ideal


Saqlash
15:05 / 15.05.2023 0 1977

Axloqiy aqidalar – maʼnaviy hayot talablari, insonning yurish-turishi, xulq-atvori, muomalasini tartibga solib turadigan, boshqarib boradigan axloqiy tushunchalar tizimi. Axloq oʻzining meʼyor va qoidalari yordamida inson odobini boshqarib boradi. Masalan, yaxshilik va yomonlik, baxt, adolat, burch, vijdon, or-nomus, mehr-oqibat, shaʼn, uyat, mehnatsevarlik, jamoa ruhi bilan yashash, vatanparvarlik, insonparvarlik, oʻzaro hurmat, hamkorlik, tichliksevarlik, komillik kabi tushunchalar axloqiy aqidalarning tarkibiy elementidir.

 

Axloqiy ideal – axloq meʼyorlariga asoslangan xulqning yuksak darajasi, mukammal holati haqidagi tasavvur. U maʼnaviy hodisa boʻlib, axloqiy meʼyorlarning inson orzu qilgan va yuksak darajada shakllangani bilan bogʻliq tasavvurlar majmuidir. Axloqiy aqidalar insonning real hayotdagi turli voqea-hodisalarga munosabatida aks etgan holda uning hayotda oʻz oʻrnini topishiga, hayotiy pozitsiyasini mustahkamlashga asos boʻlib xizmat qiladi. U insonni maʼnaviy jihatdan yuksalishga chorlaydi, insonning oʻtmish hayotini tanqidiy tahlil etishga, hozirgi kunda amalga oshirayotgan xatti-harakatlarini ibrat boʻlishga munosib insonlarniki bilan solishtirish, kelajakda esa oʻz hayotini yanada mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.

 

Axloqiy aqidalar insonning amaldagi xulqiga nisbatan ancha mukammal turmush tarzidir. Inson oʻz axloqiy aqidalarini faol targʻib qiladi. Axloqiy aqidalar axloqiy qadriyatlar asosida shakllanadi. Bunday axloqiy qadriyatlar esa oila muhiti yoki taʼlim muassasasida, mehnat, oʻqish, oʻrganish jarayonida oʻzlashtiriladi. Axloqiy aqidalar shaxsning eʼtiqodi bilan uygʻunlashib ketadi va real voqelikdagi hodisalarni baholash mezoni sifatida namoyon boʻladi. Axloqiy aqidalarning oʻta mavhumlashib ketishi inson uchun koʻpgina qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Chunki, idealning reallikdan yiroqlashuvi hamisha ziddiyatlarga sabab boʻlib kelgan. Shaxsning axloqiy aqidalaridagi ayrim jihatlarning oʻta kuchayishi atrofdagi odamlarga boʻlgan talabning haddan ziyod oshishi, ayrim qadriyatlarga nisbatan mutaassiblik darajasidagi munosabati ham namoyon boʻlishi mumkin. Natijada inson yon-atrofidagi odamlar bilan murosa qilib yasholmay qoladi, hayotida nizoli vaziyatlar koʻproq yuzaga kela boshlaydi. Shu jihatdan axloqiy aqidalar atrofdagilarga boʻlgan talab sifatida emas, balki birinchi navbatda, insonning oʻz imkoniyatlari darajasida oʻz oldiga qoʻygan maqsadiga aylangani maʼqul. Agar inson oʻz axloqiy aqidalaridagi asosiy tamoyil va qadriyatlarga amal qilishda atrofdagi odamlarning orzu-intilishlarini hisobga olgan holda ish tutsa, axloqiy aqidalar uning uchun kamolot manbaiga aylanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 368
Qahramon

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 930
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 970
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 228633
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110170
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 59242
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 47096
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 43163
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 36740
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 34934
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32047
Kompetentlik

//