Axloq tuzatish ishlari. Axloq tuzatish muassasalari


Saqlash
15:05 / 15.05.2023 0 1599

Axloq tuzatish ishlari – muayyan shaxsga xos maʼnaviy buzilishga nisbatan qoʻllanadigan jinoiy jazo turi. Axloq tuzatish ishlari jazo tayinlangan shaxsda qonunga itoatkorlikni, inson, jamiyat va mehnatga, turmush qoidalari hamda anʼanalariga hurmat hissini shakllantirishdan iborat jarayondir. Axloq tuzatish ishlari ish haqining 10 foizdan 30 foizgacha miqdorini davlat foydasiga ushlab qolgan holda shaxsni mehnatga majburan jalb qilishni nazarda tutadi. Axloq tuzatish ishlari faqat asosiy jazo sifatida 6 oydan 3 yilgacha, jinoyat sodir etish paytida 18 yoshga toʻlmaganlarga nisbatan esa – bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi. Qonunda axloq tuzatish ishlari ning ikki turi koʻzda tutilgan: jazoni mahkumning oʻz ish joyida oʻtash va jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilagan boshqa joyda oʻtashdan iborat. Jazo muddati uzluksiz boʻlgani uchun bu muddat davomida mahkumga mehnat taʼtili berilmaydi, ishlangan muddat umumiy va uzluksiz ish stajiga qoʻshib hisoblanmaydi.

 

Axloq tuzatish muassasalari – maʼnaviyati buzilgan, axloq talablariga rioya qilmagan kishilarga, jinoyat yoʻliga kirgan, amaldagi qonunlarga itoat etmagan kimsalarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo turlarini amalga oshiradigan muassasalar. Ular jinoiy-ijroiya muassasalari tarkibiga kiradi, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish, qamoq tarzidagi jazo choralarini amalga oshirishni taʼminlaydi. Axloq tuzatish muassasalarining quyidagi tizimi mavjud: axloq tuzatish koloniyalarining toʻrt turi – tarbiya koloniyasi, qamoqxona va davolash-axloq tuzatish muassasasi. Hukm qilinganlarni saqlash tartibi quyidagicha: mahkumlarni – hukm qilinganlarga alohida joy va oʻrin-koʻrpa berib, umumyotoqxonalarga joylashtirish; sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xoʻjaligida jamoani mehnatga jalb etib, axloq tuzatish; mahbuslarning havaskor tashkilotlari faoliyat koʻrsatishi; jamoaviy-tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirish; umumtaʼlim jarayoni, kasbga oʻrgatish va boshqa ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarning tuzatishga qaratilgan. Axloq tuzatish koloniyasida jazoni oʻtash tabaqalashtirilgan. Ularda balogʻatga yetgan shaxslar jinsiga qarab (umumiy, qattiq tartibli va alohida tartibli koloniyalarda) alohida saqlanadi.

 

Bundan tashqari, bitta axloq tuzatish koloniyasining oʻzida turli toifadagi jinoyatchilar, turli sharoitlarda – oddiy, yengillashtirilgan va kuchli tartibda saqlanadi. Balogʻatga yetmagan jinoyatchilarning har ikki jinsga mansublari tarbiya koloniyalarida umumiy va kuchaytirilgan tartibda jazoni oʻtaydi, ular odatdagi, yengillashtirilgan, imtiyozli va kuchli nazorat sharoitlarida saqlanadi. Umuman, tartibning kuchliligi tarbiya koloniyalarida axloq tuzatish koloniyalaridan farq qiladi.

Qamoqxonada ozodlikdan mahrum etilganlik jazosini oʻtaydiganlar soni uncha koʻp boʻlmaydi. Bular:

1) axloq tuzatish koloniyasidagi tartibni qasddan buzganlar, jazo tariqasida qamoq tartibiga oʻtkazilganlar;

2) juda ogʻir jinoyat sodir etgani uchun besh yildan yuqori muddatga ozodliqdan mahrum etishga hukm etilganlar;

3) takror ogʻir jinoyatlar sodir etgan va buning uchun hukm qilingan shaxslar – alohida xavfli jinoyatchilar.

 

Qamoqxona eng xavfli jinoyatchilarni saqlash uchun moʻljallangani tufayli u yerda mahkumlar alohida-alohida xonalarga joylashtirilgan holda kuchli tartib ostida saqlanadi. Qamoqxonada ham saqlashning ikki turi mavjud: umumiy va qattiq nazoratli. Barcha Axloq tuzatish muassasalarilarida ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarga tarbiyaviy taʼsir oʻtkazishning quyidagi vositalaridan foydalaniladi: tarbiyaviy (axloqiy, huquqiy, mehnat, jismoniy va boshqa) ishlar, tartib (intizom, bajarish va jazoni oʻtash shartlari), ijtimoiy foydali mehnat, umumiy taʼlim va kasbiy tayyorgarlik (birinchi, ikkinchi guruh nogironlari nafaqa yoshidagi shaxslar uchun, ularning xohishiga koʻra) olish, jamoatchilik taʼsiri (jamoatchilik birlashmalarining axloq tuzatish jarayoniga koʻmaklashishi, otaligʻi va hokazo).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 27
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 22
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 97
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 198
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 516
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 933
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218671
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104452
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 33605
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27250
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26260
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 24761
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24721
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21618
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//