Affekt


Saqlash
16:05 / 12.05.2023 1 4320

Affekt (lotincha affectys – ruhiy toʻlqinlanish, kuchli ehtiros) – nisbatan tez va qisqa muddatli, kuchli ehtirosli va emotsional holat; shaxs uchun muhim hayotiy vaziyatlarning tez oʻzgarishi bilan bogʻliq ichki tugʻyon va keskin xarakterli oʻzgarish tarzida namoyon boʻladi; muayyan kishining oʻz xatti-harakatlarini nazorat qila olmay qolishini ifodalaydigan tushuncha. Oʻta kuchli affekt holatida feʼl-atvori, oʻzini tutishi, muomala munosabati, obyektiv voqelikni aks ettirishning xarakter va mazmuni oʻzgaradi.

 

Affekt tushkun va tang vaziyatlarda yuzaga keladi. Affekt holatida kishining ong doirasi torayadi, xulqni nazorat qilish qobiliyati yoʻqoladi. Tibbiyot amaliyotida fiziologik va patologik affekt holati kuzatiladi. Fiziologik affektda kishi oʻz xatti-harakatini idora eta olishi, keyinchalik barcha voqealarni xotirasida saqlab qolishi mumkin. “Patologik affekt” atamasi ilk bor nemis psixiatri R.Kraft-Yebing (1840–1903) qoʻllagan. Patologik affekt ong buzilishining affektiv holatlarini oʻzida mujassamlashtiradi. Patologik affekt koʻproq ruhiy kasallik jarayonida, baʼzan esa ruhiy sogʻlom odamlarda ham kuzatiladi. Patologik affektda barcha xatti-harakatlar kishi xotirasida saqlanmaydi, shaxsning xatti-harakatlari ongli ravishda nazorat qilinmaydi. Noxos paydo boʻladigan kuchli ruhiy hayajonlanish – fiziologik affekt (karaxtlik) boʻlib, bunday holatda subyektning ongi hushyorlikni toʻliq yoʻqotmaydi. Ongning vaqtinchalik neopatologik buzilishi, oʻta kuchli histuygʻu taʼsiri ostida “tora yishi” oʻta faol intensiv harakatlar va endokrin tizimidagi funksional oʻzgarishlar tufayli yuz beradi. Affekt subyektning qiyin holatlarda keskin va murakkab vaziyatdan chiqish yoʻlini topa olmasligi natijasida vujudga keladi. Affektli holat individning butun ruhiy faoliyatida hukmron boʻladi, ongu tafakkurdagi barcha ijobiy jarayonlarning yoʻlini toʻsadi, aqlning taʼsirini kamaytiradi, xulqning “buzilishi” (tajovuzkorlik, tutqanoq tutishi, oʻzini yoʻqotib qoʻyish)ga olib keladi.

 

Jinoiy huquq amaliyotida affekt agar ayblanuvchining emotsional harakatlari natijasida yuz bergan boʻlsa, jazoni yengillashtiruvchi holat deb qaraladi va jazo belgilash jarayoniga ham taʼsir koʻrsatadi. Yaʼni, jinoyat affekt holatida sodir etilgani inobatga olinib, qonunda belgilangan tartibda jazo tayin qilinadi.

1 Izoh

Sardor Bahriddinov

16:01 / 10.01.2024

Assalomu aleykum.Affekt holati qancha vaqt davom etishi mumkin?

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 329
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 566
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 494
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 838
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 546
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233816
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113232
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67485
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56305
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50742
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39385
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39114
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38465
“Avesto”

//