Axborot nazariyasi. Axborotlashgan jamiyat. Axborot olish kafolatlari va erkinligi


Saqlash
15:05 / 12.05.2023 2 5497

Axborot nazariyasi – axborotlarni saqlash, uzatish, qayta ishlash va oʻzgartirish usullarini oʻrganuvchi nazariya. U aloqa nazariyasining muhandislik muammolari doirasida yuzaga kelgan, soʻng kibernet tizimlar va boshqarish sohasiga yoyilgan. Axborot nazariyasining asosiy tushunchasi axborot hisoblanadi. Gʻarb olimi Ross Eshli axborotni bunday taʼriflaydi: “Mavhumlikni bartaraf etadi va mavhumlik miqdori bilan belgilanadi”. Axborot nazariyasida axborotning qanchalik foydali ekani va maqsadga yoʻnaltirilganiga urgʻu beradigan pragmatik jihat kuchli. Foydalilik meʼyori mavhumlik meʼyoriga bogʻliq. Agar xabar olish jarayonida isteʼmolchi ongidagi muayyan masala boʻyicha mavhumlik oʻzgarsa, axborotning foydaliligi xabar olingungacha boʻlgan va undan keyingi mavhumlik oʻrtasidagi farqqa teng boʻladi.

 

Axborotlashgan jamiyat – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo, axborotni ishlab chiqarish, unga “ishlov berish”, saqlash va jamiyat aʼzolariga yetkazishga bogʻliq ekanini anglatadigan tushuncha. Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni hozirgi kunda global xususiyatga ega boʻlib, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning oʻzagini tashkil etmoqda. Axborotlashgan jamiyat konsepsiyasi bugungi ilm-fanda muhim ahamiyat kasb etmoqda. U industrial (O.Kont, J.Mill va boshqalar) va postindustrial (R.Aron, U.Rostou va boshqalar) jamiyat konsepsiyasi oʻrnini egallamoqda. Jamiyatni axborotlashtirish oʻz bosqichlariga ega. Birinchi bosqich – jamiyatni elektronlashtirish. Bu bosqich yarim oʻtkazgichlarni amalga joriy etish bilan bogʻliq sof texnik jarayonlarni oʻz ichiga oladi. Navbatdagi – jamiyatni kompyuterlashtirish bosqichida eng yangi kommunikatsiyalar yordamida axborotlashtirishning texnik negizi shakllanadi. Jamiyatni axborotlashtirish bosqichi, oʻz mohiyatiga koʻra, inson va jamiyat manfaatlari yoʻlida axborot ishlab chiqarish va undan foydalanish bilan bogʻliq ijtimoiy-texnik va ijtimoiy-madaniy jarayondir.

 

 

Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni, bundan tashqari, bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan uch qismdan tarkib topadi: mediatizatsiya (lotincha mediatus – vositachi) – axborot toʻplash, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni; kompyuterlashtirish – axborot qidirish va unga ishlov berish vositalarini takomillashtirish jarayoni; intellektualizatsiya – axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, yaʼni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, jumladan, sunʼiy intellektdan foydalanish jarayoni. Jamiyatni axborotlashtirishni umumiy tarzda zamonaviy axborot-texnika vositalari yordamida ijtimoiy tuzilmalar va jarayonlarni takomillashtirishdan iborat, deb talqin qilish mumkin. Axborotlashtirish ijtimoiy intellektualizatsiya jarayonlari bilan uzviy bogʻliq boʻladi. Bu esa shaxs va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirish imkonini beradi. Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan moddiy omillar emas, balki maʼnaviy omillar – bilim va axborot birinchi oʻrinda turishi bilan tubdan farq qiladi. Axborot va bilim olish, ular qayta ishlash, saqlash va uzatish jarayonida jamiyat aʼzolarining aksariyati band boʻladi. Axborotlashgan jamiyatda axborot ishlab chiqarish moddiy ishlab chiqarishni siqib chiqarmaydi, balki uning negizida shakllanib, bu soha rivojiga turtki beradi.

 

Axborot olish kafolatlari va erkinligi – har bir shaxsning oʻzi istagan axborotni izlash, olish va tarqatishga haqli ekanini ifoda etadi. Mustaqillik davrida yurtimizda bu borada katta ishlar amalga oshirildi. Avvalo, Axborot olish kafolatlarining qonuniy asoslari ishlab chiqildi va ular amal qilmoqda.

2 Izohlar

Shohida

16:01 / 26.01.2024

Maqola yaxshi yozilgan. Axborotlar haqida ma'lumot berilgan.Bu maqolani o'qib axborotlashgan jamiyat haqida ancha ma'lumotga ega bo'ldik.

Shoytoʻlakova Gulchehra

04:12 / 22.12.2023

Bu maqola juda yaxshi chiqqan. Oʻzim qidirgan maʼlumotlarni tushunarli tarzda bayon qilingan.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 132
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 100
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 556
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 521
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225745
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108256
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55903
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41296
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40619
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31896
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30985
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30635
Alpomish

//