Afsona


Saqlash
17:05 / 11.05.2023 0 2299

Afsona – kishilarning borliq, tabiat, jamiyat va undagi munosabatlar toʻgʻrisidagi xayoliy tasavvurlarini ifoda etadigan tushuncha. Afsona barcha xalqlarning ibtidoiy davrdagi asosiy dunyoqarash shakli boʻlib, u oʻsha davr kishisining olamni, oʻzini qurshab olgan tashqi dunyoni maʼnaviy jihatdan oʻzlashtirishga boʻlgan layoqati, oʻziga xos intilishidan darak beradi. Afsona tabiat kuchlariga ruhiy tus berish, ularni jonlantirish, aniq hissiy obrazlarga kiritish, tirik mavjudotlar (inson, hayvonlar) timsoli, shakl-shamoyili orqali tasavvur etish bilan ham ifodalanadi. Afsonada bir xil narsa-hodisalarning xususiyatlari boshqa xil narsa-hodisalarga bemalol oʻtkazilar ekan, bu xayol parvoziga juda keng maydon yaratib beradiki, unda xayol surayotgan odam, istagan narsasini tasavvur etishi mumkin.

 

 

Afsonaning asosiy shakllari: etimologik – tabiat va borliqning alohida jism-hodisalarining paydo boʻlishi; kosmogonik – olamning paydo boʻlishi; etnogonik – avlodlar va ularga daxldor tabiiy-biologik jarayonlar toʻgʻrisidagi antropologik odamzodning paydo boʻlishi va esxatologik – uning kelajagi toʻgʻrisidagi qarashlardan iborat. Afsonaning muhim qonuniyatlaridan biri shundaki, uning timsol va qahramonlari eposlarda ifodalanadi va epik umumlashmaga xos yangi xususiyatlar kasb etadi (masalan, Gomerning “Iliada” va “Odisseya”si, Firdavsiyning “Shohnoma”si, xalq ogʻzaki ijodi mahsuli “Goʻroʻgʻli”, “Alpomish” dostonlari va boshqalar). Afsonaviy obrazlarsiz jahon adabiyoti tarixi va sanʼatini tasavvur qilish qiyin (Dantening “Ilohiy komediya”si, Gyotening “Faust”i, Uygʻonish davrining tasviriy sanʼati va hokazo). Dunyoqarash sifatida Afsona ilhom va ifoda shakli sifatida badiiy ijod va sanʼatda oʻz ahamiyatini saqlab qolmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 125
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 205
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 425
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 664
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234139
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67888
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56839
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51271
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39502
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39361
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39119
“Avesto”

//