Ateizm


Saqlash
15:05 / 11.05.2023 0 2157

Ateizm (yunoncha a – inkor qoʻshimchasi, theos – Xudo; Xudoni, dinni inkor etish) – ilohiy kuchlarga eʼtiqod qilishni inkor etish. Bizda u qadimdan “dahriylik”, “xudosizlik” kabi atamalar bilan yuritib kelingan. Jamiyatda Xudo va ilohiy kuchlarga ishonch paydo boʻla boshlagan davrlardayoq ayni paytda bunday haqiqatlarga ishonchsizlik ham shakllangan. Shu maʼnoda ateistik qarashlar ham, teistik qarashlar kabi, tafakkur rivojida oʻz oʻrniga ega. Ammo baʼzi hollarda ulardan birining mutlaqlashtirilishi ikkinchisining tarafdorlariga qarshi kurashga, davlat va jamiyatlar hayotida moddiy va maʼnaviy yoʻqotishlarga olib kelgan.

 

Ateizm ilk xudosizlik tasavvurlari paydo boʻlgan qadimgi davrlardan hozirgi kungacha bir necha bosqichni bosib oʻtgan. Hatto tasavvurlar tufayli keyinchalik dunyoviylik ham ateizm deb qaraladigan boʻlib, ateizmning oʻzi esa mutlaqlashtirila boshlandi. XX asrda bolsheviklar marksistik ateizm asosida dindan xoli jamiyat barpo etishni maqsad qilib qoʻydi. Marksistik ateizm Oʻzbekistonda ham qanchadan-qancha fojialariga sabab boʻldi. 30-yillarda respublikada “Xudosizlar” nomi bilan oʻzbek tilida jurnal nashr etildi. Arab alifbosi bekor qilingach, minglab kitoblar yoqib, koʻmib tashlandi, yuzlab masjid va madrasalar yopildi, vayron qilindi, arab tili hamda islom tarixining bilimdonlari, ruhoniylar, hatto oddiy musulmon odamlar ham qattiq taʼqib va quvgʻin ostiga olindi. Toshkent shahrida butunittifoq Ilmiy ateizm institutining respublikalararo filiali ochildi (1981). Totalitar tuzum qulagach, “ilmiy ateizm” fan sifatida butunlay yoʻq boʻldi.

 

Hozirgi davrda AQSH va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari aholisining 8–10 foizi ateist hisoblanadi. Yer yuzida mayda diniy firqalar koʻpaygan va diniy ekstremizm avj olgan bugungi kunda bunday qarashni oʻziga muayyan eʼtiqod sifatida qarash anʼanasi ham koʻzga tashlanmoqda. Koʻpgina xalqaro hujjatlarda, masalan, Inson huquqlari deklaratsiyasida: “Har bir inson fikr, vijdon, din va eʼtiqod erkinligi huquqiga egadir” deb yozilgan. Zamonaviy demokratik jamiyatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham fuqarolar uchun haqiqiy vijdon erkinligi huquqi, yaʼni xohlagan diniga eʼtiqod qilishi yoki hech qanday dinga eʼtiqod qilmaslik konstitutsiyaviy asosda kafolatlangan. Ushbu tamoyilga izchil amal qilinayotgani huquqiy demokratik davlat qurish jarayonida diniy va dunyoviy qadriyatlarni umummilliy manfaatlarimiz asosida uygʻun rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 125
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 205
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 425
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 664
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234139
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67888
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56839
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51271
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39502
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39361
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39119
“Avesto”

//