Asotir


Saqlash
17:05 / 10.05.2023 0 2030

Asotir barcha xalqlarning ibtidoiy davrdagi asosiy dunyoqarash shakli boʻlib, oʻsha davr kishilarining olamni, oʻzini qurshab olgan tashqi dunyoni maʼnaviy jihatdan oʻzlashtirishga boʻlgan layoqati, oʻziga xos intilish laridan darak beradi. Asotir tabiat kuchlariga ruhiy tus berish, ularni jonlantirish, aniq hissiy obrazlarga kiritish, tirik mavjudotlar (inson, hayvonlar) obrazi, shakl-shamoyilida tasavvur etish orqali ham ifodalanadi. Ada bir xil narsa-hodisalarning xususiyatlari boshqa xil narsa-hodisalarga bemalol oʻtkazilar ekan, bu xayol parvoziga juda keng maydon yaratib beradiki, unda xayol surayotgan odam, istagan narsasini tasavvur etishi mumkin. Asotirning tarixiy shakllari fetishizm, totemizm va animizmdir.

 

Asotirning asosiy shakllari: etimologik – tabiat va borliqning alohida jism-hodisalari paydo boʻlishiga doir; kosmogonik – olamning paydo boʻlishiga doir; etnogonik – avlodlar va ularga daxldor tabiiy-biologik jarayonlarga doir antropologik – odamlarning paydo boʻlishiga doir; esxatologik – ularning kelajagi toʻgʻrisidagi qarashlaridan iborat. Abstrakt tafakkurning rivojlanishi natijasida asotir abstraksiyasi vujudga keladiki. Uning mahsuli – yagona xudolar toʻgʻrisidagi tasavvurlar hisoblanadi. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi ajdodlari yaratgan asotirlarda yeru osmonning yagona hukmdori sifatida Ahuramazda obrazi shakllangan. Asotirning muhim qonunlaridan biri shundaki, uning obraz va qahramonlari eposlarda aks eta boshlaydi va epik umumlashmaga xos yangi xususiyatlar kasb etadi (masalan: Gomerning “Iliada” va “Odisseya”si, Firdavsiyning “Shohnoma”si, “Goʻroʻgʻli”, “Alpomish” kabi xalq dostonlari va boshqalar). Asotir obrazlarisiz jahon adabiyoti tarixi va sanʼatini tasavvur qilish qiyin. Dantening “Ilohiy komediya”si, Gyotening “Faust”i, Gʻarb Uygʻonish davrining tasviriy sanʼati va hokazo.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 125
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 205
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 425
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 664
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234139
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67888
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56839
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51271
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39502
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39361
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39119
“Avesto”

//