Aruz


Saqlash
15:05 / 10.05.2023 0 3599

Aruz (arabcha sheʼr oʻlchovi, vaznga solishtirib oʻlchash) – Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari sheʼriyatidagi asosiy vazn turi boʻlib, choʻziq va qisqa hijolarning maʼlum tartibda kelishiga, yaʼni misralardagi hijolar miqdori va sifatiga asoslangan. Binobarin, aruz vazni barmoq vazni singari misradagi boʻgʻinlarning miqdori yoki guruhlanib takrorlanishi asosida emas, balki hijolarning miqdori va sifatiga, yaʼni qisqa va choʻziq hijolarning maʼlum tartibda takrorlanishidan hosil boʻladi. Aruz vaznida undosh tovushlar bilan tugagan hijolar choʻziq, unlilar bilan tugagan hijolar (“o” dan tashqari) koʻpincha qisqa sanaladi. Baʼzan choʻziq hijo qisqa hijo, qisqa hijo choʻziq hijo tarzida oʻqilishi ham mumkin. Bu hodisa “imola” deb yuritilgan. Aruz vaznida misraning ritmik boʻlaklari, yaʼni hijolarning turoq tipidagi guruhlari rukn deb ataladi.

 

Ruknlar hijolarning miqdori va choʻziq yoki qisqaligiga qarab, sakkiz aslga boʻlinadi va har biri arabcha “faala” (harakat) soʻzidan yasalgan maxsus nom (qolip) bilan yuritiladi:

1) faulun;

2) foilun;

3) mafoiylun;

4) foilotun;

5) mustafʼilun;

6) mafʼulotu;

7) mafoilatun;

8) mutafoilun.

 

Bu asllar ayrim oʻzgarishlarga uchrab, turli ritmik boʻlaklarni vujudga keltiradi va shu tarzda vazn ruknlari koʻpayib boradi. Rukn bir, ikki, uch, toʻrt va undan ortiq hijoli boʻlishi mumkin. Aruz vaznining “ramal”, “rajaz”, “mutaqorib” kabi turkumlari boʻlib, bu turkumlar “bahr” deb ataladi (“bahr” arabcha, “dengiz” maʼnosini ifodalaydi. Sheʼr dengizdan olinadigan durga oʻxshatilgani uchun shunday nomlangan). Aruz vazni Sharq sheʼriyatining asosiy turlaridan biri sifatida arab poeziyasida vujudga keldi, keyinchalik fors-tojik va turkiy xalqlar mumtoz poeziyasining ham asosiy vazn turi sifatida shakllandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 300
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 545
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 229486
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110611
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61033
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 49771
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 45157
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37541
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35683
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32693
Kompetentlik

//