Adabiy til


Saqlash
15:04 / 28.04.2023 0 8308

Adabiy til – har qaysi xalq va millat maʼnaviyatida ulkan ahamiyat kasb etadigan, uning ruhiy olamini moddiy shaklda yuzaga chiqarish va umumbashariy taraqqiyot uchun xizmat qildirish, el-yurtni birlashtirish, oʻzlikni anglashda muhim vosita boʻladigan buyuk ijtimoiy hodisa.

 

Adabiy til umumxalq tilining sayqallangan, leksik, fonetik va grammatik jihatdan shu xalq shevalaridagi eng yaxshi xususiyatlarni oʻzida mujassam etib, sayqallangan, hamma uchun tushunarli va maʼqul meʼyorga solingan umummiliy muloqot vositasidir. Tarix va taraqqiyot jarayonida Adabiy til oʻzgarib, takomillashib boradi. Masalan, Alisher Navoiy davridagi oʻzbek adabiy tili hozirgi zamon oʻzbek adabiy tilidan farq qiladi. Istiqlol davrida adabiy tilning maʼnaviy hayotimizdagi oʻrni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, 1989-yilda oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi adabiy tilimiz rivojida mutlaqo yangi sahifa boʻldi. Hozirgi davrda oʻzbek adabiy tili milliy maʼnaviyatimizning haqiqiy koʻzgusiga aylanib bormoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 326
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 434
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 653
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235105
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114402
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68295
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57351
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51692
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40316
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39677
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39567
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//