Qonuniylik


Saqlash
16:04 / 18.04.2023 0 2962

Qonuniylik – jamiyatdagi barcha fuqarolar, tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga toʻla rioya qilinishi.

 

Qonuniylikning mamlakat hududida bir xilda tushunilishi va qoʻllanilishi; Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi – barcha normativ va individual huquqiy hujjatlar Konstitutsiya va qonunlar asosida qabul qilinishi va ularga zid kelmasligi; inson va fuqarolar huquq va erkinliklarining, burchlarining kafolatlanganini ifodalaydi. Qonuniylikning madaniyat bilan bogʻliqligi jamiyat aʼzolarining yuqori darajada madaniyatli, jumladan huquqiy madaniyatli boʻlganlaridagina qonuniylikga erishish mumkinligida namoyon boʻladi.

 

Qonuniylik maqsadga muvofiqlikni, qonun va qonun osti hujjatlari davlat hamda jamiyat manfaatlariga mos kelishini anglatadi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, turli xil shakldagi mulkchilik, jamiyatdagi iqtisodiy erkinliklar; siyosiy hurfikrlilik, koʻppartiyaviylik, davlat tuzumining demokratik tamoyillari qonun va qonunosti hujjatlarini tatbiq etish va nazoratini uyushtirishning samarali mexanizmi qonununiylik bilan taʼminlanadi. Qonununiylik shaxsiy va ijtimoiy hayotda doimo rioya qilish shaxs maʼnaviyatining yuksakligidan darak beradi. Shaxs va jamiyat hayoti oʻzaro uygʻun, bir butun hayot ekanini tushunadigan insonlar maʼnaviy jihatdan yetuk insonlar boʻlib, ular hayotda qonuniy talablarga asoslanib yashaydilar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 152
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 250
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 463
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234247
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113478
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67969
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56988
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51409
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39553
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39412
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39327
“Avesto”

//