Argument


Saqlash
17:04 / 14.04.2023 0 3849

Argument (lotincha argumentum – asos, dalil) – asos sifatida fikrning isboti uchun qo‘llanadigan mantiqiy dalil.

 

1) biror-bir aqida yoki aqidalar tizimi, nazariya, qarash va nuqtai nazarning qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini isbotlash uchun qo‘llanadigan mantiqiy asos;

2) isbot uchun zarur bo‘lgan nazariy manba yoki dalil. Mantiqda biron boshqa hukmning (yoki hukmlar tizimining) haqiqatligini tasdiqlash uchun keltiriladigan hukm (yoki hukmlar tizimi); isbotning asosi yoki dalili, ba’zan esa butun isbotning o‘zi argument deb ataladi.

 

Matematika va matematik logika (mantiq)da – mustaqil o‘zgaruvchi funksiya bo‘lib, muayyan funksiyaning yoki predikatning ahamiyati mazkur o‘zgaruvchi funksiyaning qimmatiga bog‘liq. Argument hozirgi zamon gnoseologiyasi, mantiq hamda tabiiy fan sohalarida keng qo‘llanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 332
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 353
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236730
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115311
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68929
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58419
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52486
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41462
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40119
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40113
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//