Sobiq pianinochi yoki Bosh vazirning afsusi


Saqlash
16:04 / 14.04.2023 0 2615

Podarevskiy bir paytlari Polshaning eng mashhur pianinochisi va bastakori, shuningdek, Shopen kompozitsiyalarining dunyodagi eng mohir ijrochisi ham edi. Ammo keyinchalik diplomatlik kasbini tanlab, siyosatga oʻtib ketadi. Siyosatga oʻzini butkul bagʻishlagan sobiq pianinochi maʼlum vaqtdan keyin Polshaning Bosh vaziri etib saylangan. Kunlarning birida Fransiya safarida ekanligida Parij universitetining musiqa fakultetida oʻquvchi bir talaba uning yoniga kelib:

 

– Siz oʻsha mashhur pianinochi, bastakor Podarevskiy emasmisiz? – deya soʻraydi.

– Ha, oʻsha menman! – Podarevskiy javob qaytaradi.

– Endi-chi?

– Endi, Polshaning Bosh vaziriman!

Shunda yosh talaba kinoya bilan:

– Shundaymi? Vo ajab... naqadar past tushib ketgansiz... – deya jilmayadi.

 

Podarevskiy talabaning soʻzlarini umr boʻyi esdan chiqarmaydi. Oʻsha soʻzlar dogʻday yuragida saqlanib qoladi. Va bir kuni xalq qarshisida shunday nutq soʻzlaydi:

 

– Pianinoning tillarini boshqarish odamlarni boshqarishdan mushkul deyishadi. Bosh vazir boʻlganingda daryo yoʻq joyga gʻaroyib bir koʻprik qurishni vaʼda berasan, odamlar esa ishonadilar. Insonlarni aldar ekansan, davlatni boshqara olishing tabiiy. Ammo 7 oktavali pianinoda “Fa” tilini bosib, “Do” ohangini kutib boʻlmaydi. Notalar sizni faqat va faqat toʻgʻrilikka, toʻgʻri yashashga, hatto toʻgʻri oʻlishga chorlaydi – unda faqatgina haqiqat tili mavjud.

 

Rus tilidan Rahmat BOBOJON tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

17:09 / 11.09.2026 0 14
Kuni irimga qolgan ilm

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 344
G‘ururdan baland mehr



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236766
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115322
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68963
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58582
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52526
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41565
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40161
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40160
Alpomish

//