Suydirgan ham til, kuydirgan ham til – o‘zbek xalq maqollari


Saqlash
15:10 / 21.10.2021 1 10107

Til – dil kaliti.

 

* * *

Suydirgan ham til,

Kuydirgan ham til.

 

* * *

Suyaksiz til suyak sindirar.

 

* * *

Til yugurigi – boshga,

Oyoq yugurigi – oshga.

 

* * *

Til yaxshisi bor etar,

Til yomoni xor etar.

 

* * *

Tilingda bo‘lsa boling,

Kulib turar iqboling.

 

* * *

Uzun til – umr zavoli.

 

* * *

Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz.

 

* * *

Tilga e’tibor – elga e’tibor.

 

* * *

Tig‘ jarohati bitar,

Til jarohati bitmas.

 

* * *

Tilni bog‘la dil bilan,

Dilni bog‘la til bilan.

 

* * *

Uzun til – boshga to‘qmoq,

Bo‘yinga – sirtmoq.

 

* * *

Til tig‘i qilich tig‘idan o‘tkir.

 

* * *

Fil ko‘tarmaganni til ko‘tarar.

 

* * *

Til – dil tarjimoni.

 

* * *

Til bor, bol keltirar,

Til bor, balo keltirar.

 

* * *

Ona tilim – jon-u dilim.

 

 

Oyina.uz'ni telegramda kuzating!

1 Izoh

Hulkar

14:10 / 22.10.2023

So'z ko'rki maqol

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 126
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 93
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 550
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 513
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225684
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108215
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55883
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41281
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40600
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31888
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30972
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30621
Alpomish

//