Tush


Saqlash
16:04 / 05.04.2023 0 1280

Turkon ALIYEVA

 

HAVOTIR

 

Hali dunyoga kelmagan bolamning ovozi qulog‘imga chalinganday bo‘ldi: “Sizning dunyongizga borishdan qo‘rqaman!”

 

Farid AKBAROV

 

KSENIYA

 

2010 yil apreli, Moskva davlat lingvistika universitetining bufeti.

 

Birinchi paradan so‘ng o‘tirib choy ichayotgandim. Orqa stoldagi qizlarning boshqa stolda yolg‘iz o‘tirgan qizga piching qilayotgani qulog‘imga chalindi. Ulardan biri qizga shunday derdi: “Kseniya, yoshing yigirmadayu, lekin haliyam bokirasan...”

 

Ayvaz AZIMOV

 

TARJIMAI HOL

 

Men bo‘linib ketganman. Shimol va janub bo‘lingani kabi.

 

Men o‘syapman. Gʻarb sharqni inkor etgandek.

 

Men ketishni istayman. Ammo quyosh koinotdan ajralib ketolmas.

 

Endi ko‘rman. Tunel oxirida nur ko‘rgan yo‘lovchidek.

 

Zabonsizman. Faqat “Meni kechir, hammasini to‘g‘rilayman” so‘zlaridan boshqa barcha jumlalarni aytishga jur’ati yetmas soqov kabi.

 

Quloqlarim og‘ir. Boshqa javob istagi bilan o‘z savollarini rad qiluvchi kardek.

 

Shahlo BOBOYEVA

 

TUSH

 

Kecha yomon tush ko‘rdim. O‘lib qolganmishman. Darhol tush ichra qaror qildim: ertalab turgan zahotim suvga aytaman – o‘tadi-ketadi.

 

Uyg‘onib angladim: tush emas ekan...

 

Tarxon POSHOZODA

 

O‘RIN

 

Hamisha birovga yozdirar va o‘z nomidan nashr qildirardi. Puldor edi. Yozgan odam va undan boshqa hech kimning bu “iste’dod”dan xabari yo‘q edi. Kundan-kun mashhur bo‘lib borardi. Bu safar ham shunday bo‘ldi. “Xalq yozuvchisi”ni olishiga bor-yo‘g‘i bir qadam qolgandi.

 

Yozdirgan hikoyasini “Eng qisqa hikoya” tanloviga jo‘natdi. Hikoya juda yaxshi yozilgandi. Biroq bu safar 1-ni ololmadi, 2-o‘rin nasib qildi. Chunki hikoya yozib bergan odamning o‘zi ham tanlovga hikoya yuborgandi...

 

Gʻolib JALIL

 

MUALLIF

 

– Qish... Yana ba’zi oyoq kiyimlar teshilgan qayiqqa aylanadigan mavsum.

 

Ozarboyjonchadan

Rahmat BOBOJON

tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 524
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 491
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 438
Marhamat aya sog‘inchi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225548
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108140
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55811
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41222
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40529
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31833
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30931
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30548
Alpomish

//