Intellekt


Saqlash
16:03 / 30.03.2023 0 8993

Intellekt (lotincha intellectus – aql, idrok, zehn) – keng ma’noda: kishining voqea-hodisa mohiyatini to‘laligicha bilishiga asoslangan va u orqali namoyon bo‘ladigan faoliyati; tor ma’noda: insonning tafakkur, fikr yuritish salohiyati. Intellekt kishilarning aql, idrok, zakovat, ma’naviy jihatdan yetuklik darajasini ham bildiradi; tasavvur, idrok, sinchkovlik orqali jamlangan materialni bilish usullari (taqqoslash, abstraksiya, tushuncha, hukm va hokazo.) orqali asosli bilimga ega bo‘lish yoki mavjud bilimni tanqidiy tahlil etib chiqish qobiliyatini ham anglatadi.

 

Tafakkur tarixida intellekt to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar turlicha bo‘lgan. O‘rta asrlarda intellekt irodaga bo‘ysunadimi yoki iroda intellektgami degan masala bo‘yicha qizg‘in munozaralar avjiga chiqqan. O‘sha davrlarda intellekt bilishning eng yuksak – ilohiy usuli sifatida inson tafakkuriga qarshi qo‘yilgan. Birinchi nuqtai nazar tarafdorlari Duns Skot va Uilyam Okkam bo‘lsa, ikkinchi qarash tarafdorlaridan biri Foma Akvinskiy edi. Hozirgi zamon falsafasida intellekt ham, iroda ham mavjud holatga asoslangan holda namoyon bo‘ladi yoki intellekt ma’naviyatga taalluqli bo‘lgani uchun ruhiy holat mahsuli sifatida irodadan ustun turadi, degan tasavvurlar mavjud. Intellektual resurs insonlarda bilim, hayotiy tajriba va idrok hamda zehn asosida avvalo o‘z aqliy omilkorlik salohiyatini, turmush tarzini turli yo‘nalish va shakllarda yanada boyitish, uning yangi qirralarini ochish, mukammallashtirish imkoniyatidir. Inson bosh miyasi qobig‘ida o‘n to‘rt milliarddan oshiq neyronlar mavjud. Ularning vazifasi inson faoliyatini har tomonlama, to‘la boshqarishdan iborat.

 

Kishining qilayotgan har bir harakati neyronlar faoliyati mahsulidir. Bu jahon tibbiyotida chuqur o‘rganilgan va to‘la tan olingan haqiqatdir. Shuning uchun ham, aytish mumkinki, insonning intellektual o‘zligini namoyon qilishida uning imkoniyatlari – resurslarining o‘rni beqiyos. Lekin inson ana shu intellektual imkoniyatlar, ya’ni resurslarning bor-yo‘g‘i 4–4,5 foizidan foydalanadi. Shundan 4 foizini 8–11 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi va qolgan yarim foizini butun umri davomida qabul qiladi. Tabiatan iqtidorli kishilar esa o‘sha qolgan yarim foiz ma’lumotni 11 yoshidan keyingi umriga to‘g‘ri taqsimlay olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Inson bosh miyasining fiziologik tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, uning miyasidagi intellektual kuch atom yadrosidagi beqiyos kuchga teng bo‘lar ekan. Gap uni qanday rivojlantirish va qay darajada ishlata bilishda. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, beshikdagi har bir go‘dakda daho bo‘lish imkoni mavjud. Hamma gap ushbu "daho"ni talab darajasida tarbiyalay olishda. Bugungi kundagi ilm-fan xulosasiga ko‘ra insoniyat tarixida atigi 400 ga yaqin kishi daholik maqomiga sazovor bo‘lgan, xolos. Bu esa daho insonlarni tarbiyalash qanchalik qiyin ish ekanini ko‘rsatadi. Gap shundaki daholarni tarbiyalab voyaga yetkazishda nafaqat bir oila yoki bir xalqning, balki butun insoniyatning ma’naviy yutuq va tajribalaridan foydalanish kerak bo‘ladi.

 

Intellekt asosidagi bilishni birinchi o‘rniga qo‘yadigan va uni hissiy bilishdan hamda amaliyotdan ajratib o‘rganadigan falsafiy ta’limot sifatida intellektualizm antik falsafaning bir guruh vakillari (eleatlar, platonchilar) intellektualizm hissiy bilishning haqiqatligini inkor etib, faqat intellektual bilishni birdan-bir ishonchli manba deb hisoblagan. Yangi davr falsafasida intellektualizm sensualizmning biryoqlamaligiga qarshi chiqadi (Dekart, kartizianlik, qisman spinozoizm). Hozirgi zamon falsafasida esa, intellektualizm agnostizm va mantiqiy pozitivizm ta’sirida rivojlantirilmoqda. Umuman olganda, intellektualizm ta’limotining ahamiyati shundaki, hissiy va intellektual bilishning o‘zaro mushtarakligi e’tirof etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1262
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 241
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 258
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 198
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 216
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223191
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106769
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48836
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 37037
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35440
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29647
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28556
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28485
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//