Mazoxizm


Saqlash
14:03 / 14.03.2023 0 5785

Mazoxizm – avstriyalik romanist Leopold fon Zaxer Mazox ismidan olingan bo‘lib, keng ma’noda, shaxsning o‘ziga nisbatan destruktiv, og‘riqli yoki haqoratli xatti-harakatlarga moyilligini bildiradi.

 

Mazoxizm – ma’naviyatsizlik shakllaridan biridir. Mazoxizmning turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, jinsiy mazoxizm axloqsiz harakatdan lazzatlanishni bildiradi. Axloqiy mazoxizm esa xarakter ko‘rinishida bo‘ladi. Psixik mazoxizm tushunchasi esa shaxsning o‘ziga nisbatan har qanday ko‘rinishdagi adovat va destruktiv impulsni nazarda tutadi hamda mazoxizmning eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishi hisoblanadi. Ommaviy mazoxizm katta guruh yoki populyatsiyalarga xos ommaviy tarzda o‘z-o‘ziga ziyon yetkazish shaklidir. Z.Freyd mazoxizmni sadizm (o‘lim instinkti)dan kelib chiqqan aybdorlik hissi ta’siridagi o‘z Men”iga qarshi qaratilgan ikkilamchi holat deb ta’riflaydi. Jinsiy mazoxizm sherigi qarshisida o‘zini quldek itoatkor va uning hukmronligi qarshisida o‘zini himoyasiz sezishdan qoniqishdir. Mazoxizm ko‘pincha o‘smirlik davrida shaxsning qarshilik ko‘rsatishga qurbi yetmagan vaqtdagi seksual yoki jismoniy zo‘ravonlikning oqibati sifatida talqin qilinadi. Ma’naviy jihatdan inson tafakkuriga o‘ta yomon ta’sir ko‘rsatuvchi salbiy fe’l-atvor sifatida qayd etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 96
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 168
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 409
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 643
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 612
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234104
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113394
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67821
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56731
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51152
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39463
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39310
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38983
“Avesto”

//