Yaramas yigit va xomxayol qizaloq


Saqlash
18:03 / 11.03.2023 0 1672

Anton CHEXOV

BIR QIZ KUNDALIGIDAN

 

13-oktyabr. Nihoyat, mening ko‘chamda bayram! Bo‘lishi mumkinmas, ko‘zlarimga hech ishonolmayman. Derazam oldida ko‘rkam, sarbaland, qora soch, qorako‘z bir yigit bo‘zchining mokisidek u yerdan-bu yerga qatnaydi. Mo‘ylovi ham o‘ziga xo‘b yarashgan. U, mana besh kundir-ki, uyimiz oldida o‘ralashadi, kecha-yu kunduz derazamizdan ko‘zini uzmaydi. O‘zimni go‘yo hech narsadan xabari yo‘qdek tutayapman.

 

15-oktyabr. Bugun tongdanoq sharros yomg‘ir quya boshladi, bechora esa ko‘chada ivigancha turibdi. Buning haqiga unga qosh qoqib havoyi bo‘sa yubordim. Shunaqa go‘zal tabassum qildi-ki. U kim o‘zi? Singlim Varyaning aytishicha, yigit unga oshiq-u beqarormish, shu sabab uyimiz oldida mushukboladek shalobbo bo‘lib o‘tirganmish. Buncha laqqi bo‘lmasa-ya bu qiz! Hech zamonda qorasoch qorasochga ko‘ngil berarkanmi? Onam oxorli liboslarimizni kiygancha deraza oldida o‘tirishimizga buyurdi. “Ehtimol, bor-yo‘g‘i bir yaramas chiqar, balki martabali janobdir...” – dedi u. Yaramas... quel*… Siz nimani ham bilardingiz, oyijon!

 

16-oktyabr. Varya deydi-ki, uning hayotini boshiga yetganmishman. Yigit Varyani emas, meni sevgani aybimmi? Tasodifan yo‘lakka kichkina xatcha tushirib yubordim. O, makkor! Yengiga bo‘r bilan: “Keyin” – deb yozdi. Aylanib yurdi-yurdi-da, qarshimizdagi darvozaga qayta yozdi: “Qarshiligim yo‘q, faqat keyin...” Bo‘r bilan yozdi-yu, yozuvni darhol o‘chirdi. Nimadan yuragim buncha gupillaydi?

 

17-oktyabr. Varya tirsagi bilan ko‘ksimdan turtdi. Yaramas, ahmoq, hasadgo‘y! Bugun u bir gorodovoy**ning yo‘lini to‘sib, bizning derazamizga ishora qilgancha bir nimalar dedi. O‘yin o‘ynamoqchi. Avrayotgan bo‘lsa kerak. Eh, erkaklar! Zolim va yovuzsiz, ammo makkor va ajoyib ham!

 

18-oktyabr. Anchadan beri yo‘q bo‘lib ketgan akam Seryoja nihoyat bugun tunda uyga keldi. Yotog‘iga bosh qo‘yishga ham ulgurmagandi, pastga tushishini talab qilishdi.

 

19-oktyabr. Razil! Jirkanch! Ma’lum bo‘lishicha, anavi yigit o‘tgan o‘n ikki kun davomida allaqaysi kishining pullarini o‘marib juftakni rostlagan Seryojani iziga tushgan ekan.

 

Bugun darvozaga shunday yozdi: “Endi bo‘shman”. Mol! Unga tilimni ko‘rsatdim.

 

*Quel – qaydam, bo‘lishi mumkinmas, fransuzcha. 

**Gorodovoy – chor Rossiyasi davrida politsiyaning eng quyi xodimi.

 

Rus tilidan Rahmat BOBOJON tarjimasi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68946
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58511
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41521
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40139
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40132
Alpomish

//