Avtarkiya


Saqlash
16:03 / 10.03.2023 0 1467

Avtarkiya (yunoncha autarkeia – mustaqillik, o‘z-o‘zidan qanoatlanish; autos – o‘zim va arkeo – mo‘l-ko‘lchilikda yashamoqdaman) – iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy ma’nolarda qo‘llanadigan, biron-bir shaxs, guruh, millat, davlat va jamiyatning o‘z xolicha, boshqalardan ajralgan holda yashashi uchun qaratilgan harakat yoki holatni ifodalaydigan tushuncha.

Siyosiy sohada avtarkiya faqat davlat doirasida, milliy mahdudlik muhitida xo‘jalik tashkil etish maqsadida mamlakatni boshqa mamlakatlardan ayirib qo‘yish siyosatini anglatadi. Hozirgi davrda ham avtarkiya dunyoning turli hududlarida tendensiyalari mavjud, ularning ma’naviy oqibatlari ham ko‘zga tashlanib turadi. Globallashuv davrida avtarkiya jamiyatda ma’naviy biqiqlikning kuchayishiga, uning tashqi dunyodan ajralib qolishiga olib kelishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 217
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 231
Eng qimmat shirinlik

Bilasizmi?

14:07 / 22.07.2026 0 143
“O‘ktam”ning etimologiyasi

Bilasizmi?

11:07 / 22.07.2026 0 261
Vafo va vafot

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 282
Hadaha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236305
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115115
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68732
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57898
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52285
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41116
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39954
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39933
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//