Uyg‘onish


Saqlash
15:03 / 08.03.2023 0 1489

U ishxonasi tomon ohista ketarkan, boshi uzra jilolanayotgan Quyoshga tashakkur degisi keldi. Axir ana shu oftob iliq nurlari bilan uyg‘otadi butun borliqni. Keyin o‘yga cho‘mdi: “Ayol ham quyoshga  o‘xshaydi-ya!”

 

Umri ko‘z o‘ngida birma-bir jonlandi.

 

U go‘dak edi. 

 

Bir mehribon ayol uni tongda uyg‘otardi:

 

– Tur, bolaginam, bog‘changga kech qolyapmiz!

 

U bola edi.

 

Bir munis ayol tonglari uni uyg‘otar edi:

 

– Tur, bolam, maktabingga kechikasan!

 

U yigit edi. 

 

Bir mushtipar ayol uni ertalablari uyg‘otardi:

 

– Uyg‘on, o‘g‘lim, o‘qishingga kechikyapsan!

 

U erkak bo‘ldi.

 

Sahar uni bir go‘zal ayol uyg‘otdi:

 

– Turing, dadasi, ishingizga kech qolyapsiz!

 

"Ha, – dedi u shivirlab, – erkakni uyg‘otgani uchun ham Ayolga tashakkur!"

 

Mansur JUMAYEV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68946
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58513
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41524
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40142
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40133
Alpomish

//