Agressiya


Saqlash
15:03 / 02.03.2023 0 2574

Agressiya (lotincha aggressio hujum) –

1) biron-bir buzg‘unchi g‘oya, vayronkor mafkuraga tayanib amalga oshiriladigan informatsion-psixologik hujum, axborot xuruji, g‘oyaviy terror yoki ma’naviy-mafkuraviy buzg‘unchilik;

2) siyosiy ma’noda, bir davlat tomonidan o‘zga davlatga uni mustaqilligidan, hududiy yaxlitligidan va taraqqiyotidan mahrum qilish, xalqini qaram etib, boyliklarini egallash maqsadida harbiy kuch yordamida amalga oshiriladigan bosqinchilik.

 

Xalqaro huquqda BMT Nizomini ochiqchasiga buzgan holda boshqa davlatga nisbatan harbiy kuch ishlatish agressiya deyiladi. Jinoyat huquqiga ko‘ra, yon-atrofdagi odamlarga jismoniy zarar yoki ruhiy shikast yetkazishga qaratilgan harakat agressiya deb baholanadi. Bu harakatlar g‘arazli maqsadlar – boshqalarning boyligiga ko‘z olaytirish, ularni qaram qilish niyatida sodir etiladi. Agressiya genotsid, terror, etnik va g‘oyaviy asosdagi qonli mojarolar shaklida ham namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda iqtisod sohasidagi agressiyaga, iqtisodiy, ma’naviyat sohasidagi agressiyaga esa ma’naviy agressiya deyiladi. Har qanday holatda ham boshqalarga nisbatan birinchi bo‘lib harbiy kuch ishlatish, tajovuzkorlikni amalga oshirish agressiya deb baholanadi. Turli shakldagi tashqi va ichki agressiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun aholi, ayniqsa, yoshlarni yuksak ma’naviy tamoyillar asosida, hushyor va ogoh etib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 179
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 278
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 497
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234336
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113536
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68096
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57139
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51534
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40043
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39587
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39469
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//