Siyosat
Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarov jinoyat ishi doirasida 6-iyun kuni gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlandi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Oyina.uz”ga xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Eslatib oʻtamiz, shahar hokimi eski lavozimida 48 milliard soʻm byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilgandi. Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov ishi doirasida 37 nafar shaxsga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olingan. Hozircha yetkazilgan zararning atigi 23 foizi qoplangan. Tergovni Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi olib borayotgani maʼlum.
Haydarov joriy yil 28-may kuni deputat dahlsizligi huquqidan mahrum qilingandi.
Shuningdek, Bahromjon Haydarov avvalroq hokim sifatida ham yer ajratish bilan bogʻliq qonunbuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga 1,7 milliard soʻmdan ortiq zarar keltirgani maʼlum qilingan edi. Bir vaqtning oʻzida deputat hisoblangan hokimni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish boʻyicha Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan 2022-yil 3-fevral kuni Xalq deputatlari viloyat kengashiga kiritilgan taqdimnoma taqdiri yuzasidan jamoatchilikka maʼlumot berilmagan.
Bugunga qadar Andijon shahri hokimining noqonuniy yer ajratgani, fuqarolarni haqorat qilgani va boshqa masalalarda qonunga zid xatti-harakatlari jamoatchilik tomonidan keskin qoralanib kelmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q