“Qoʻgʻirchoq teatri sanʼati anʼanalarini asrab qolish men uchun alohida ahamiyatga ega” – Saida Mirziyoyeva

Saqlash
14:00 / 06.06.2026 38 0

Oʻzbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatriga bordi.

 

“Biz Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatriga borib, olam-olam zavq oldik. Vilgelm Gauf ertagi asosida sahnalashtirilgan “Xalifa Laylak” spektaklini tomosha qildik. Bu — inson irodasi va oʻzlikni anglash yoʻli haqidagi biz uchun ham qadrdon, sevimli asardir”, deydi u.

 

Rekonstruksiyaning birinchi bosqichi yakunlanishi bilan teatr hayoti yana jonlandi: bu yerda spektakllar namoyish etilyapti, bolalarning quvnoq ovozlari yangrayapti, ota-onalar farzandlari bilan jam boʻlyapti. Ushbu maskanning tarixiy qiyofasi, oʻziga xos ruhi avaylab saqlab qolingan: “Ertaklar shaharchasi”, zalning choʻyan eshiklari, karnay chalayotgan sozandalar siymosi, noyob shisha plafonlar, peshtoq kompozitsiyalari va mozaikalar qayta tiklandi.

 

“Qoʻgʻirchoq teatri sanʼati anʼanalarini asrab qolish men uchun alohida ahamiyatga ega. Zero, qoʻgʻirchoq bolalar bilan muloqotda hamisha eng yaxshi vositachi boʻlib qoladi va ular tushunadigan tilda erkinlik, masʼuliyat, matonat, doʻstlik kabi muhim tushunchalar haqida soʻzlashishga yordam beradi”, deya yozgan Saida Mirziyoyeva.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//