Ilm-fan
O‘zbekiston Qahramoni, atoqli yozuvchi, tarjimon, tarjimashunos va adabiy tanqidchi, Ibrohim Gʻafurov vafot etdi.
Ibrohim Gʻafurov 1937-yil 27-dekabrda Toshkent shahrida hunarmand oilasida tavallud topgan. U o‘rta maktabni tugatgach, 1956–1961 yillarda SAGU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetida tahsil olgan.
Mehnat faoliyati davomida 1961–1982 yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri hamda bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.
Ibrohim Gʻafurov o‘zbek adabiyoti va ma’naviy-ma’rifiy hayotiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkor sifatida xalqimiz qalbidan munosib o‘rin egallagan. U nafaqat sermahsul yozuvchi va adabiyotshunos, balki yuksak mahoratli tarjimon sifatida ham keng e’tirof etilgan. Uning jahon adabiyotining sara namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish borasidagi xizmatlari yuksak baholangan bo‘lib, 2025-yil Ogahiy nomidagi Xalqaro badiiy tarjimonlik tanlovida jahon nasridan o‘zbek tiliga tarjima yo‘nalishi bo‘yicha taqdirlangan.
Marhum uzoq yillar davomida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi sifatida ham samarali faoliyat olib bordi. U jamiyat tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar va targ‘ibot ishlarida faol ishtirok etib, yoshlar qalbida kitobxonlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga munosib hissa qo‘shdi.
Ibrohim Gʻafurovning yorqin xotirasi, boy ilmiy va adabiy merosi xalqimiz qalbida hamisha saqlanib qoladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112451
Jamiyat
95115
Jamiyat
91356
Jamiyat
76035
Jamiyat
//
Izoh yo‘q