Siyosat
Oʻzbekiston Prezidenti Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtayotgan 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yigʻilishida nutq soʻzladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtayotgan 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yigʻilishida ishtirok etdi va nutq soʻzladi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tanzaniya Prezidenti Samiya Suluhu Hasan hamda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi oʻrinbosari Xan Chjen ham tadbirning asosiy spikerlari sifatida soʻzga chiqdi.
Davlat rahbari nutqining avvalida tadbir ishtirokchilarini samimiy qutlab, Oʻzbekiston bilan tarix, maʼnaviy yaqinlik va insoniy taqdirlar orqali bogʻlangan Sankt-Peterburg shahriga yana bir bor tashrif buyurish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirdi.
“Raqobat nafaqat bozorlar va tabiiy resurslar uchun kurashda namoyon boʻlmoqda, balki texnologiyalar, logistika va infratuzilma sohalarida ham uning taʼsiri sezilmoqda”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mamlakatimiz yetakchisi bugungi sharoitda birlashtiruvchi rol oʻynaydigan va oʻz atrofida kooperatsiya, barqarorlik hamda oʻzaro manfaatdorlik makonini shakllantirishga qodir boʻlgan davlatlar va mintaqalarning ahamiyati ortib borayotganini taʼkidladi.
“Oʻzbekiston ming yillar davomida Buyuk ipak yoʻlining yuragi boʻlib kelgan. Samarqand, Buxoro va Toshkent orqali nafaqat mahsulotlar tashilgan, balki gʻoya va bilimlar, madaniy va diniy anʼanalar bir-birini oʻzaro boyitib kelgan. Shuning uchun ham ochiqlik biz uchun doimo tanlov emas, balki hayotiy zarurat va sivilizatsiya kodi hisoblangan, – dedi Oʻzbekiston Prezidenti.
Oʻzbekiston va Rossiyaning texnologik hamda sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish maqsadida yagona raqamli platforma bilan birlashtirilgan ishlab chiqarish klasterlari tizimi – “Yevroosiyo texnologik sanoatlashtirish kamari”ni tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.
Hamkorlikning madaniy-gumanitar yoʻnalishini yanada mustahkamlash maqsadida “Samarqanddan Peterburggacha” kreativ-turistik yoʻlak loyihasini ishga tushirish ham taklif etildi. Ushbu tashabbus sanʼat va kino festivallari, muzey koʻrgazmalari, gastronomiya haftaliklari va musiqiy tadbirlarni birgalikda tashkil etishni nazarda tutadi.
Iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning muhim natijalariga alohida toʻxtalib oʻtildi.
“Bundan oʻn yil oldin ochiqlik, inklyuzivlik va pragmatizmga tayangan holda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishni boshlagan edik. Oʻtgan davrda uzoq muddatli oʻsish uchun mustahkam asos – qulay ishbilarmonlik muhiti, barqaror sanoat bazasi va yangi infratuzilma yaratildi”, dedi davlat rahbari.
Qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, bozor institutlarini takomillashtirish, raqobat darajasini oshirish va ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish orqali global investitsiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar izchil shakllantirilayotgani bildirildi.
Forum qatnashchilari tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markaziga berilgan maxsus huquqiy maqom va soliq imtiyozlari imkoniyatlaridan foydalanishga, shuningdek, joriy yilning 16-18-iyun kunlari boʻlib oʻtadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif etildi.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
112450
Jamiyat
95114
Jamiyat
91345
Jamiyat
76033
Jamiyat
//
Izoh yo‘q