Ilm-fan
2022-2023 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqida Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2022-2023 oʻquv yilida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga boshqa hududlardan pedagoglar borib ishlashlari uchun joriy yilning 15-may kunidan boshlab elektron platforma (Ustozfondi.uz) orqali roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi.
Eslatib oʻtamiz, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.
Boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar roʻyxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
Mavzu yuzasidan “Eshik qoqqan kim boʻldi: “Men olis va chekka hududda oʻqituvchi boʻlib ishlamoqchiman” maqolasida batafsil tanishing.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Asror
12:07 / 31.07.2023
Men Ochilov Asror oliy toifali jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisiman olis xududda ishlamoqchiman
Umirzakov Qamariddin
22:07 / 30.07.2023
Assalimy alaykum! Oliy toifali tarix fani o'qituvchisiman qizil toifadagi maktabda ishlamoqchiman, 6 yilda buyon MMIBDO' bo'lib ishlab kelmoqdaman
Bahodir
20:07 / 29.07.2023
Assalomu alaykum,men oliy toifali geografiya oʻqituvchisiman.Taʼlim sifati yuqori boʻlmagan maktablarda borib ishlamoqchiman
Mo'tabar
22:07 / 28.07.2023
Ассалому алайкум 2023-2024 укув йилида узлаштириши юкори булмаган мактабда ишламокчиман тоифам олий мутахассислигим узбек тили ва адабиёти
Sattorova Gulnorahon
09:07 / 28.07.2023
Birinchi toifali rus tili ustoziman.sertifiqatim bor(C1), olis-qizil bolgan maktabda ishlamoqchiman.