Boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar roʻyxati maʼlum qilindi

Saqlash
19:14 / 08.04.2022 20045 5

2022-2023 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqida Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 2022-2023 oʻquv yilida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga boshqa hududlardan pedagoglar borib ishlashlari uchun joriy yilning 15-may kunidan boshlab elektron platforma (Ustozfondi.uz) orqali roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.

 

Boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar roʻyxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

 

Mavzu yuzasidan “Eshik qoqqan kim boʻldi: “Men olis va chekka hududda oʻqituvchi boʻlib ishlamoqchiman” maqolasida batafsil tanishing.

 

 

5 Izohlar

Shaxlo

19:08 / 11.08.2023

Samarqand viliyatida yashayman . Olis hudularda ona tili va adabiyot fanidan Bo'sh ish o'rinlari ga vakant joylarni sorayapman

Sabohat Boboyeva

10:08 / 11.08.2023

Biz Boboyeva Sabohat va opam Boboyeva Malohat.Biz 1-toifali boshlangʻich sinf oʻqituvchilarimiz.Bizga olis yoki qizil maktabda ishlamoqchimiz.telefon qilsak kadr yetarli degan javob olmoqdamiz.Bizga amaliy yordam kerak.Oldindan rahmat!!!

Аьзамхон Турдиева

04:08 / 09.08.2023

мен немис тили укитувчисиман .28 йиллик Олий таьлимда тажрибам бор.Агар немис тилидан мутахассис керак булса бажонидил бориб ишлайман.Тошкент шахрида тураман

Dilorom

01:08 / 06.08.2023

Rus tili fani o'qituvchisiman. Oliy toifa va c1 sertifikatga etaman. Qizil va olis hudud maktablaridan ish izlayapman. Shu maktab bolalarining bilim olishiga ozgina bo'lsa ham o'z hissamni qo'shmoqchiman.

Malikaxon

07:08 / 01.08.2023

Assalomu alaykum Men oliy toifali,23 yillik stajga ega boshlangʻich sinf oʻqituvchisiman.Talim sifati past boʻlgan maktablarda ishlamoqchiman

Izoh qoldirish

//