Boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar roʻyxati maʼlum qilindi

Saqlash
19:14 / 08.04.2022 20046 5

2022-2023 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqida Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 2022-2023 oʻquv yilida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga boshqa hududlardan pedagoglar borib ishlashlari uchun joriy yilning 15-may kunidan boshlab elektron platforma (Ustozfondi.uz) orqali roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.

 

Boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar roʻyxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

 

Mavzu yuzasidan “Eshik qoqqan kim boʻldi: “Men olis va chekka hududda oʻqituvchi boʻlib ishlamoqchiman” maqolasida batafsil tanishing.

 

 

5 Izohlar

Sanobar

03:08 / 23.08.2023

Men birinchi toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisiman.Qizil yoki olis hududlar ro'yxatiga kirgan maktabda ishlamoqchiman.Kim bilan qanday bog'lansam bo'ladi

Rustamov Ermirza Avazxonovich

05:08 / 22.08.2023

Assalomu alaykum man Ingliz tili o'qituvchisiman ayolim rus tili o'qituvchisi olis va qizil maktabda ishlamoqchimiz

Hulkar Islomova

03:08 / 22.08.2023

Nemis tilidan dars kerak.Qushni tumanlardan bulsa yaxshiroq bulardi.Toifam oliy .Stajim 25 yil.

Dinara

01:08 / 20.08.2023

Assalomu alaykum men 1-toifali boshlanģich sinf òqituvchisiman. SHahar maktablardan ish topa olmadim.Qizil huhudga borishim uchun menga biror maslahat bering.Yòllanma olishim kerakmi?Yoki tòģridan tòģri ishga oladimi?

Jamila

00:08 / 20.08.2023

Assalomu alaykum Men Ziyodullayeva Jamilaman.Assalomu alaykum. Navoiy viloyatidan oliy toifali biologiya fani o'qituvchisiman. Olis hududda ishlash uchun bormoqchiman. Qanday va kimga murojaat qilaman

Izoh qoldirish

//