Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev bugungi videoselektorda ayrim hududlar rahbarlari tadbirkorlarning muammolarini hal qilish o‘rniga mas’uliyatdan chekinayotganini aytib o‘tdi va lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirdi.
Ta’kidlanishicha, Nurafshon shahar hokimi byurokratik to‘siqlar sabab ikki yildan buyon qurilishni boshlay olmayotgan tadbirkorga amaliy yordam ko‘rsatish o‘rniga, mazkur holat qanday qilib prezident darajasigacha yetib borganini aniqlash bilan band ekani tanqid qilindi.
G‘uzor, Narpay, Urganch, Yangiyo‘l va Chinoz tumanlari hokimlari tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu tumanlarga biznes infratuzilmasini yaxshilash maqsadida joriy yilda respublika budjetidan qo‘shimcha 262 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa-da, hali birorta loyiha boshlanmagan.
Yig‘ilishda tegishli viloyatlar hokimlariga nomi tilga olingan tuman rahbarlarining lavozimiga loyiqligini qayta ko‘rib chiqish topshirildi. Agar ular o‘z zimmasidagi vazifalarni bajara olmasa, masala bugunoq hal etilishi kerakligi ta’kidlandi.
Shuningdek, davlat rahbari birinchi chorak yakuni bilan yalpi ichki mahsuloti 8,7 foizga, sanoat 8 foizga, xizmatlar 16,1 foizga, qishloq xo‘jaligi 5,1 foizga o‘sganini ma'lum qildi. Eksport 5,8 milliard dollarni, xorijiy investitsiya hajmi esa 13,7 milliard dollarni tashkil qildi. Inflyatsiya yillik hisobda birinchi marta 7,1 foizgacha pasaydi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
112297
Jamiyat
94973
Jamiyat
91094
Jamiyat
75858
Jamiyat
//
Izoh yo‘q