Jahon
2025-yilning oktyabrida Avstraliya 16 yoshgacha boʻlgan bolalarning mashhur Instagram, Facebook, TikTok, va You-tube kabi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklagan birinchi mamlakat boʻldi.
Fransiya ham shunga oʻxshash tashabbusni (15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun), jumladan, mamlakat prezidenti Emmanuel Makron tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan qonun loyihasini muhokama qilmoqda.
Shveysariyaning Davos shahrida boʻlib oʻtayotgan Jahon iqtisodiy forumida 2024-yilgi “Behalovat avlod” bestselleri muallifi, psixolog Jonatan Xaydt bilan muzokara oʻtkazgan Emmanuel Makron bu borada oʻzining Twitter sahifasida shunday yozadi:
“Ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish boʻyicha yetakchi mutaxassis, “Behalovat avlod” asari muallifi bilan muhim suhbat oʻtkazdim. Biz birgalikda hal qiluvchi kurash olib boramiz: ijtimoiy tarmoqlardagi holat, algoritmlar va platformalar boʻyicha nazoratni qaytarib, farzand va oʻsmirlarimizni himoya qilamiz. Vaʼda beraman: Fransiya bu yoʻlda yetakchi boʻladi”.
Avvalroq Qozogʻiston ham 16 yoshgacha boʻlgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklovchi qonun loyihasini ishlab chiqqan edi.
Madaniyat
Jamiyat
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112060
Jamiyat
94748
Jamiyat
90769
Jamiyat
75572
Jamiyat
//
Izoh yo‘q