Jahon
Qozogʻiston Madaniyat va axborot vazirligi 16 yoshga toʻlmagan bolalar va oʻsmirlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda hukumat rasmiylari yigʻilishida Bosh vazir oʻrinbosari. Qozogʻiston Madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva maʼlum qildi.
Tashabbus mutaxassislar tomonidan baholanib, jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Buni amalga oshirish uchun Taʼlim vazirligi hamda Qozogʻiston Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi foydalanuvchilarning yoshini aniqlash mexanizmlari, shuningdek, zarurat boʻlganida javobgarlik choralarini ishlab chiqadi.
“Asosiy eʼtibor aholining media-savodxonligini oshirish va mustaqil OAVni qoʻllab-quvvatlashga qaratiladi. Bu yoʻnalishda tegishli ishlar soha jurnalistikasini rivojlantirish komissiyasi va boshqa mexanizmlar orqali amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, reklama tushumlarini onlayn-platforma va OAV oʻrtasida taqsimlashni tartibga solish, shuningdek, ayrim tovarlarni reklama qilishga qoʻyilgan ayrim cheklovlarni qisman bekor qilish imkoniyati qonunchilik darajasida koʻrib chiqiladi”, – deydi Aida Balayeva.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111136
Jamiyat
94527
Jamiyat
90476
Jamiyat
74611
Jamiyat
//
Izoh yo‘q