Jahon
10-dekabrdan boshlab Avstraliyada yangi cheklov kuchga kiradi: 16 yoshga kirmagan shaxslarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taʼqiqlanadi. Bu qaror oʻnlab yirik platformalarga, xususan, Facebook, Instagram, TikTok, Snapchat i YouTube kabilarga nisbatan qoʻllaniladi. Bu kompaniyalar belgilangan yosh koʻrsatgichiga yetmagan avstraliyaliklarga tegishli tarmoqlardan foydalanishni cheklashi, mavjud akkauntlarni boʻlsa tizimdan oʻchirishi kerak boʻladi.
Ushbu talablarga rioya qilmaslik 49,5 million Avstraliya dollari miqdorida jarimaga sabab boʻladi. Qonun ijrosining nazorati elektron xavfsizlik boʻyicha komissar tomonidan amalga oshiriladi. U allaqachon IT-gigantlarni yosh chekloviga doir roʻyxatga kiritgani haqida xabardor qilgan.
Rasmiylarning taʼkidlashicha, bundan maqsad bolalarni jazolash emas, balki platformalarni voyaga yetmagan auditoriyani aniqlab, ularni tarmoqlarga kirishiga chek qoʻyishga oid “Adekvat chora“ qabul qilishga majbur qilishga chaqirishga majbur qilishdir.
Baʼzi skeptizm (falsafiy shubhalar)ga qaramay, texnologiya kompaniyalari yangi qoidalarga tayyorligini bildirdi. Meta 450 ga yaqin avstraliyalik oʻsmirlarga Instagram va Facebook tarmoqlaridagi akkauntlarini oʻchirish yoki 16 yoshga yetgunga qadar muzlatib qoʻyish taklifi bilan xabarnomalar yuborishni rejalashtirmoqda. TikTok oʻz navbatida tegishli akkauntlar miqdorini baholab, xulq-atvor xususiyatlari tahliliga tayanib, 200 mingga yaqin foydalanuvchi profilini deaktiv qiladi.
Bunday cheklov dunyo miqyosida ilk bor Avstraliyada qoʻllanilmoqda
Avstraliya tashabbusi xalqaro miqyosda muhokamalarga sabab boʻldi. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bu yondashuvni “oqilona“ deb, Bryusselda umumevropa “Raqamli voyaga yetganlik yoshi“ni kiritish boʻyicha muhokamalar olib borilayotganini maʼlum qilgan.
Biroq mazkur choraning samaradorligi boʻyicha ikkilanishlar ham yoʻq emas: 140 dan ortiq olim va huquq himoyachilari bunday “qatʼiy“ chora samarasiz boʻlishi va bu oʻsmirlar kam nazorat qilinadigan, biroq xavfliroq ijtimoiy tarmoqlarga oʻtib ketishi mumkinligi boʻyicha xavotirini bildirgan.
Asosiy sinov taʼqiqning amaliyotga tatbiq etilishi boʻladi. Platformalardan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni majburiy tekshirish talab etilmaydi, biroq ular foydalanuvchi yoshini aniqlash uchun tarmoq koʻrsatgichlari va tashqi xizmatlarni ichiga olgan xulq-atvor tahliliga tayanuvchi kompleks yondashuv qoʻllashi kutilmoqda.
Umuman olganda Avstraliya bu kabi qoidalar samaradorligini tekshirish uchun global maydonga aylanmoqda. Bu eksperimentning muvaffaqiyatli yoki omadsiz kechishi Avstraliya tajribasi boshqa mamlakatlarga namuna boʻlish yoki boʻlolmasligini hal qiladi.
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
109740
Jamiyat
94118
Jamiyat
89908
Jamiyat
73109
Jamiyat
//
Izoh yo‘q