Madaniyat
Andijon devzira oshi geografik koʻrsatkich sifatida davlat reyestriga kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Andijon devzira oshi asrlar davomida shakllangan oshpazlik anʼanalari, oʻziga xos tayyorlanish usuli va noyob taʼmi bilan ajralib turadigan milliy taom hisoblanadi. Ushbu osh turi asosan Fargʻona vodiysida yetishtiriladigan mashhur devzira guruchi asosida tayyorlanadi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Geografik koʻrsatkich maqomining berilishi “Andijon devzira oshi” nomi va uning anʼanaviy tayyorlash texnologiyasi huquqiy himoya qilinishini taʼminlaydi. Geografik koʻrsatkich maqomi, shuningdek, Andijon viloyatining gastronomik salohiyatini namoyish etish, turizmni qoʻllab-quvvatlash va oʻzbek pazandachilik madaniyatini xalqaro miqyosda targʻib qilish uchun ham muhim ahamiyatga ega, deya qoʻshimcha qilgan vazirlik.
Geografik koʻrsatkich – mahsulotning muayyan hududga mansubligini hamda uning oʻziga xos xususiyatlari aynan shu joy bilan bogʻliqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyekti sanaladi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
112676
Jamiyat
95344
Jamiyat
92057
Jamiyat
76445
Jamiyat
//
Izoh yo‘q