Jamiyat
Bugun, 25-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev "Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonini imzolagani, unga ko‘ra Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgani haqida xabar berilgan edi.
Maxsus komissiyaga shuningdek, Davlat organlari va tashkilotlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini ekologik talablarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida muvofiqlashtiradi. Komissiyaning unga yuklatilgan vazifalar va berilgan vakolatlar doirasida qabul qilgan qarorlari, ko‘rsatmalari barcha davlat organlari va tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Bundan tashqari, Farmon bilan, Toshkent shahri hokimligi tomonidan yoz-kuz mavsumida asosiy yoʻl chetlarida mavjud boʻlgan daraxt va butalarni kunning birinchi yarmida hamda haftada kamida 3 marta yuvish ishlari va tegishli xulosaga asosan biotexnik tadbirlar amalga oshirilisji belgilandi.
Jismoniy va yuridik shaxslar oʻzlari egalik qilib turgan yer maydoni hududidagi dov-daraxtlarni sugʻorish maqsadida ichimlik suvidan foydalanish vaqtiga qoʻyilgan cheklov (soat 00:00 dan boshlab, 05-00 gacha) bahor va yoz fasllarida bekor qilinadi.
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
110064
Jamiyat
94312
Jamiyat
90173
Jamiyat
73493
Jamiyat
//
Izoh yo‘q