1-fevraldan nimalar oʻzgaradi?

Saqlash
16:50 / 31.01.2025 183 0

“Onalar maskani” tashkil etiladi

Ogʻir hayotiy vaziyatda va yaqin qarindoshlari koʻmagisiz qolganligi natijasida farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi boʻlgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yoʻlga qoʻyiladi

 

Bogʻchalarda tarbiyalanuvchilarning elektron davomatini yuritish yoʻlga qoʻyiladi

Tajriba-sinov tariqasida 2025-yil 1-fevraldan Toshkent shahridagi, 2025-yil 1-iyuldan esa qolgan barcha davlat MTTlarida xodimlar va tarbiyalanuvchilarning elektron davomatini yuritish, ish vaqti tabelini shakllantirish, tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida hisoblash, ota-onalar toʻlovi hamda boshqa toʻlovlar “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi

 

 

Oilaviy bolalar uyini tashkil etishda yangi tartib joriy etiladi

Oilaviy bolalar uyini tashkil etish uchun oilaning er va xotindan iborat toʻliq oila boʻlishi talabi bekor qilinadi.

 

Shuningdek, 30 yoshga toʻlgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar esa oilaga tarbiyaga (patronat) faqat ularning qarindoshlariga beriladi.

 

Bundan tashqari, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning yashash xarajatlari, oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga bolani tarbiyalagani (parvarishlagani) uchun ajratiladigan mablagʻlar tarbiyalanuvchilar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va boshlangʻich professional taʼlim muassasalarini tamomlaguniga qadar beriladi

 

Ishsizlar talab talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitiladi

Kasbiy koʻnikmalar markazlarida ish beruvchilar buyurtmasi va tijorat banklari mijozlari ehtiyoji asosida ishsiz aholini, shu jumladan, kambagʻal oilalar aʼzolarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga manzilli oʻqitish tizimi joriy etiladi.

 

Kasbga oʻqitish amaliyotida kambagʼal oilalar aʼzolarining oʻqish puli toʻlab beriladi

Kasblarga oʻqitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi boʻlgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan koʻp davom etadigan oʻquv kurslariga qabul qilingan Kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz aʼzolariga toʻlanadi.

 

Mazkur sanadan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida kasb-hunarga oʻqitish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha vaucher tizimi sinov tarzda joriy qilinadi

 

Hokimliklar huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyalar faoliyati toʻxtatiladi

Tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar masalalari boʻyicha vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyalar faoliyati tugatiladi

 

“Tashabbusli byudjet”ning 1-mavsumi boshlanadi

1-fevraldan “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi boshlanadi. Ilgari surilgan loyihalar Ishchi komissiya tomonidan quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi.

 

Umra va haj ziyoratchilariga emlanish talab etiladi

Viza turidan qatʼi nazar, Saudiya Arabistoni hududiga kelayotganlarga meningitga qarshi emlash talab etiladi. Bunda keluvchilar toʻrt komponentli Neisseria vaksinasi, polisaxarid yoki konyugirlangan vaksina bilan emlanishlari shart

 

Poyezd chipta narxlari koʻtariladi

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarning VIP, Biznes toifadagi chipta narxlari 25 foizga, Ekonom toifadagi chipta narxlari 20 foizga hamda tez yurar yoʻlovchi poyezdlar “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” poyezdlarning chipta narxlari 30 foizga oshiriladi

 

Toshkent viloyatida issiq suv va isitish taʼminoti narxi oshiriladi

Bunda viloyat “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi, “Angren issiqlik energiyasi” DUK, Chirchiq “Issiqlik energiyasi” ICHK, “Olmaliq issiqlik manbai” MCHJlar tomonidan isteʼmolchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlar ushbu havolada koʻrsatilganidek belgilanadi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//