Jamiyat
2025-yil 1-fevral sanasidan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarning VIP, Biznes toifadagi chipta narxlari 25 foizga, Ekonom toifadagi chipta narxlari 20 foizga hamda tez yurar yoʻlovchi poyezdlar “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” poyezdlarning chipta narxlari 30 foizga oshirilmoqda.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ chipta narxlarining koʻtarilishini “temir yoʻl infratuzilmasi xarajatlari, elektr energiyasi, yoqilgʻi va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yoʻlovchi vagonlari parkini yangilash, temir yoʻl vokzallari faoliyatini yangicha zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida” deya izohlaydi.
Shu hisobda, “Afrosiyob” elektropoyezdlarning 1-fevraldan amal qiladigan chipta narxlari quyidagicha:
▪️ Toshkent — Buxoro
✔️ VIP 994 000 soʻm
✔️ Biznes 751 000 soʻm
✔️ Ekonom 484 000 soʻm
▪️ Toshkent — Qarshi
✔️ VIP 854 000 soʻm
✔️ Biznes 634 000 soʻm
✔️ Ekonom 406 000 soʻm
▪️ Toshkent — Samarqand
✔️ VIP 619 000 soʻm
✔️ Biznes 450 000 soʻm
✔️ Ekonom 294 000 soʻm.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q