Jamiyat
2024-yil 14-noyabrda qabul qilingan Prezident farmoniga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
▪️ mehribonlik uylari va bolalar uylariga kam taʼminlangan oilalarning farzandlarini vaqtinchalik qabul qilish tartibi bekor qilinadi;
▪️ yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarga taʼlim olish, bandligini taʼminlash, davolanish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam koʻrsatiladi;
▪️ tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslariga yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka olish istagini bildirgan nomzodlar ham qamrab olinadi;
▪️ bosqichma-bosqich Andijon viloyati, Toshkent shahri hamda Samarqand viloyatida kichik hajmli bolalar uyi tashkil etiladi;
▪️ “Mehr daftari” jamgʻarmalari tugatiladi.
Shuningdek, 2025-yil 1-fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi boʻlgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yoʻlga qoʻyiladi.
Mazkur yangi dasturda:
▪️ onalar va ularning bolalari (4 yoshga toʻlmagan) 1-yilgacha boʻlgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan taʼminlanadi;
▪️ ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi, onalik va kasbiy koʻnikmalar shakllantiriladi;
▪️ onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini taʼminlashga koʻmaklashadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q