Jamiyat
Yoshlar tadbirkorligi uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
“Tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–210-son, 01.06.2026-y.) qabul qilindi. Unga koʻra, AT “Aloqabank” tomonidan “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 31 yoshga toʻlmaganlarga asosiy qarzdan 1 yilgacha, foiz toʻlovlaridan 3 oygacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi.
Sugʻurta polisi taʼminoti yoki 3-shaxs kafilligi asosida 100 mln soʻmgacha imtiyozli mikroqarzlarni quyidagi loyihalar boʻyicha ajratish:
➖ yoshlarning xorijiy til va raqamli texnologiyalarni oʻrganishi hamda zamonaviy kasb-hunarni egallashi boʻyicha oʻqish xarajatlarini moliyalashtirish uchun – 20 mln soʻmgacha;
➖ zamonaviy kasblar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar marketingi, mobilografiya, frilanserlik, internet (onlayn) doʻkonlar tashkil etish va oʻzini oʻzi band qilish faoliyat turiga mos loyihalar uchun – 50 mln soʻmgacha;
➖ kasanachilik, toʻqimachilik mahsulotlarini tayyorlash, tikuvchilik va boshqa mahsulotlarni ikkilamchi qayta ishlash va (yoki) sotish, ulardan yangi mahsulotlar tayyorlash loyihalari uchun – 50 mln soʻmgacha;
➖ novvoychilik va shirinliklar tayyorlash hamda sotish loyihalarga – 100 mln soʻmgacha.
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112430
Jamiyat
95090
Jamiyat
91309
Jamiyat
76008
Jamiyat
//
Izoh yo‘q