Jamiyat
Margʻilon shahrida yashovchi M.A. vakolati boʻlmasa-da, Fargʻona shahrida istiqomat qiluvchi 5 nafar fuqaroni “Umra” ziyoratiga yuborishini aytib, xizmati evaziga 5700 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani maʼlum boʻldi.
Shuningdek, Uchkoʻprik tumanida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari O.M. ham tegishli litsenziyasi boʻlmasa-da, 2 nafar fuqaroni “Umra” ziyoratiga yuborishi aytgan. Huquqbuzar oʻz xizmati evaziga 2500 AQSh dollari olayotgan vaqtida qoʻlga olingan.
Qoʻqon shahrida ham xuddi shunday holat kuzatilgan. Mahalliy turistik firma ish yurituvchisi A.J. 2 nafar fuqaroni aldab, ularni “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga 2400 AQSh dollari olayotgan vaqtida qoʻlga tushgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun, joriy yilda “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilingan edi.
Ushbu qaror talablariga muvofiq, shu vaqtgacha Oʻzbekistonda litsenziyasi bor jami 12 ta turistik firmaga “Umra” tadbirlarini amalga oshirish huquqi berilgan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112183
Jamiyat
94866
Jamiyat
90942
Jamiyat
75723
Jamiyat
//
Izoh yo‘q