12 ta tur firmaga “Umra” ziyoratini tashkil qilish huquqi berildi

Saqlash
10:21 / 22.11.2024 122 0

“Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi litsenziya berish boʻyicha Tanlov komissiyasining qaroriga muvofiq 12 ta talabgor tomon tanlov gʻolibi deb topildi.

 

Quyida ularning roʻyxati keltirilgan:

▪️ “Ihlos travel 1” MCHJ (Andijon viloyati);

 

▪️ “Yuksak travel Air” XK (Fargʻona viloyati);

 

▪️ “Muhtasham travel” MCHJ (Namangan viloyati);

 

▪️ “Musaffo turizm xizmati” MCHJ (Namangan viloyati);

 

▪️ “Risola travel lux” MCHJ (Namangan viloyati);

 

▪️ “Xorazm umra jamiyati” MCHJ (Xorazm viloyati);

 

▪️ “Hikmat Umra Travel” MCHJ (Toshkent shahar);

 

▪️ “Real Dreams” MCHJ (Toshkent shahar);

 

▪️ “Travel with family” MCHJ (Toshkent shahar);

 

▪️ “Sofa Marva tour” MCHJ (Toshkent shahar);

 

▪️ “B2 Management” MCHJ (Toshkent shahar);

 

▪️ “Safar time exclusive” MCHJ (Toshkent shahar).

 

Din ishlari boʻyicha qoʻmita litsenziyada koʻrsatilmagan manzil boʻyicha “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanish taʼqiqlanganini eslatib oʻtadi. Shuningdek, xabarda mazkur xizmat turiga oid litsenziyaga ega boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari “Umra” tadbirlarini tashkil etmaslik hamda oʻtkazmaslik boʻyicha ogohlantiriladi.

 

Oldinroq “Umra” tadbirlarini tashkil etishda yangi litsenziya talablari belgilangan edi. Bu boʻyicha Hukumat qarori ham qabul qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//