Oktyabr oyidan “Umra” xizmatini koʻrsatish boʻyicha barcha turdagi faoliyat noqonuniy hisoblanadi

Saqlash
15:04 / 24.09.2024 376 0

2024-yil 5-oktyabrdan soʻng “Umra” xizmatini koʻrsatish boʻyicha barcha turdagi faoliyat noqonuniy hisoblanadi, deb xabar berdi Din ishlari boʻyicha qoʻmita.

 

Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 2-iyul sanasida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan boʻlib, unda litsenziyaga ega boʻlgan turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishga oid xizmatlarni koʻrsatish joriy yil 5 oktyabrga qadar amalga oshirilishi belgilangan.

 

Hujjatda bundan buyogʻiga mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ faqat Din ishlari boʻyicha qoʻmita boʻlishi ham koʻrsatilgan.

 

Agar litsenziya olish sohasida huquqbuzarliklar sodir etilsa, qoidabuzar tomon katta miqdorda jarima toʻlaydi.

 

Jumladan, yuridik shaxslarga solinadigan jarima miqdori BHMning 200 baravari(68 mln soʻm)ni tashkil etadi.

 

Qoʻmita, shuningdek, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishga oid xizmatlar litsenziyaga ega boʻlmagan subyektlar tomonidan koʻrsatilishi taqiqlanganini qayta-qayta eslatmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//