Jamiyat
Qishki taʼtil munosabati bilan Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning doimiy yashash manzillariga yetib borishlarida qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida sayyor kassalar tashkil etildi.
Hozirda bunday kassalar quyidagi manzillarda oʻz ish faoliyatini olib bormoqda:
▪️ Oʻzbekiston milliy universitetining oʻzbek filologiyasi fakulteti binosi 1-qavatida (Manzil: Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Universitet koʻchasi., 4-uy.);
▪️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti A-binosida (Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur koʻchasi 60-A-uy. Sobiq Toshkent moliya instituti binosi).
Talabalar mazkur sayyor kassalar orqali temir yoʻl hamda avtobus qatnovlariga chiptalarni sotib olishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, “Uzbekistan Airways” hamda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ tomonidan talabalar uchun avia va temir yoʻl chiptalariga 50 foiz chegirma eʼlon qilingan (mahalliy qatnovlar uchun).
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
111550
Jamiyat
94624
Jamiyat
90616
Jamiyat
75053
Jamiyat
//
Izoh yo‘q