Jamiyat
Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qilindi.
Bunda barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarning chiptalari temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50 foizlik chegirma bilan sotiladi. Biroq bu imtiyoz SV/VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun tatbiq etilmaydi.
Chegirmalarning amal qilish muddati 2024-yil 23-dekabrdan 2025-yil 10-yanvargacha.
Talabalar chiptalarni sotib olish uchun shaxsiy pasportlari bilan temir yoʻl kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishi mumkin.
Ular platformada oʻzlarining talaba ekanini belgilashi kerak boʻladi.
Oldinroq UzAirways ham talabalar uchun chegirmalar eʼlon qilgan edi.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111036
Jamiyat
94509
Jamiyat
90450
Jamiyat
74505
Jamiyat
//
Izoh yo‘q