
Jamiyat
Prezident Farmoni bilan shu yilning 1-oktyabrdan boshlab Oʻzbekistonda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1 mln 155 ming soʻm etib belgilandi. Safarbarlik chaqiruv rezervi toʻlov badali esa mazkur qiymat bilan oʻlchanadi( Mehnatga haq toʻlashning 7 barobari).
Shu hisobda, 1-oktyabrdan keyin bir oylik harbiy xizmat uchun toʻlov miqdori amaldagi 7 mln 350 ming soʻmdan 8 mln 85 ming soʻmga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, badal safarbarlik chaqiruv rezervi safiga olingan shaxslar xizmatga olingandan keyin, tomonlarning kelishuvi asosida, 1 yil mobaynida biryoʻla yoki bosqichma-bosqich (boʻlib toʻlash orqali) amalga oshirilishi mumkin.
Toʻlangan summa Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisobraqamida jamlanadi.
Ushbu mablagʻlar muddatli harbiy xizmatchilarga nafaqa pulini toʻlash, vazirlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari taʼminotiga yoʻnaltiriladi.
Oldinroq yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun ham jarimalar miqdori oshirilishi haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q