Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirildi

Saqlash
02:56 / 13.08.2024 1487 0

Prezident Farmoni bilan ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori oshirildi.

 

Jumladan, 2024 yil 1-sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi.

 

Bunda:

✔️ pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 soʻm;

 

✔️ yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 soʻm;

 

✔️ nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 soʻm etib.

 

Shuningdek, 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi.

 

Boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori esa 10 foizga koʻtariladi.

 

Bundan tashqari:

✅ mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 soʻm;

 

✅ bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 soʻm etib belgilandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//