Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshadi

Saqlash
14:19 / 13.08.2024 765 0

Xabaringiz bor, kuni kecha “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni imzolandi.

 

Mazkur hujjatga koʻra, bazaviy hisoblash miqdori(BHM) ham 1-oktabrdan boshlab 10 foizga koʻtariladi.

 

Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun toʻlanadigan jarimalar esa aynan BHMga qarab hisoblanadi.

 

Shu sababli, endi mazkur turdagi jarimalar miqdori ham oshadi.

 

Quyida 1-oktyabrdan boshlab jarimalarning yangi miqdori keltirilgan:

🔲 Texnik koʻrik, “aptechka” — 187,5 ming soʻm (ayni vaqtda 170 ming soʻm);

 

🔲 Xavfsizlik kamarini taqmaslik — 187,5 ming soʻm (ayni vaqtda 170 ming soʻm);

 

🔲 Hujjatsiz yurish — 375 ming soʻm (ayni vaqtda 340 ming soʻm);

 

🔲 Sugʻurtasiz haydash — 750 ming soʻm (ayni vaqtda 680 ming soʻm);

 

🔲 “Qizil” dan oʻtish — 750 ming soʻm (ayni vaqtda 680 ming soʻm);

 

🔲 Notoʻgʻri “parkovka” — 750 ming soʻm (ayni vaqtda 680 ming soʻm);

 

🔲 Telefonda gaplashish — 1 mln 225 ming soʻm (ayni vaqtda 1,2 mln soʻm);

 

🔲 Raqamsiz haydash — 1 mln 875 ming soʻm (ayni vaqtda 1 mln 700 ming soʻm);

 

🔲 Tezlikni oshirish (20 km/s) — 375 ming soʻm (ayni vaqtda 340 ming soʻm);

 

🔲 Tezlikni oshirish (20-40 km/s) — 1 mln 875 ming soʻm (ayni vaqtda 1 mln 700 ming soʻm);

 

🔲 Tezlikni oshirish (+40 km/s) — 3 mln 375 ming soʻm (ayni vaqtda 3 mln 60 ming soʻm);

 

🔲 Qarama-qarshi harakatlanish — 3 mln 750 ming soʻm (ayni vaqtda 3 mln 400 soʻm);

 

🔲 Mast holda haydash — 9 mln 375 ming soʻm yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish (ayni vaqtda 8 mln 500 ming soʻm);

 

🔲 Mastlik tekshiruvidan bosh tortish — 5 mln 625 ming soʻm yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish (ayni vaqtda 5 mln 100 ming soʻm);

 

🔲 Ruxsatsiz “tonirovka” — 9 mln 375 ming soʻm (ayni vaqtda 8 mln 500 ming soʻm);

 

🔲 “Tonirovka”dan bir yilda takroran ruxsatsiz foydalanish — 15 mln soʻm (ayni vaqtda 13 mln 600 ming soʻm).

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//