Elektr jihozlari bir oyda qancha “tok yeydi”?

Saqlash
22:22 / 23.04.2024 2236 0

Xabaringiz bor, aholi uchun elektr energiyasi uchun isteʼmol tariflari eʼlon qilindi. Unda minimal miqdor 200 kVt/soatdan oshmasligi, agar oshadigan boʻlsa, yana bir barobar ustama summa toʻlanishi maʼlum boʻldi.

 

Shu hisobda, isteʼmolchi uyidagi elektr jihozlarining quvvati hamda kunlik va oylik sarflarini bilishi juda zarur. Chunki elektr jihozlarining ayrimlari kunda bir marta ishlatilsa, boshqasi 24 soat davomida ishlaydi.

 

Quyida baʼzi elektr jihozlarining kuchlanish va “tok” isteʼmoli haqida bilib olishingiz mumkin:

 

◽️ Muzlatgich:
- quvvati 105 Vt;
- kuniga taxminan 12/24 soat;
- kuniga 804 Vt/soat;
- oyiga 24,12 kVt/soat.

 

◽️ Televizor(o'lchami 43):
- quvvati 105 Vt;
- kuniga taxminan 5 soat;
- kuniga 525 Vt/soat;
- oyiga 15,75 kVt/soat.

 

◽️ Dazmol:
- quvvati 2200 Vt;
- kuniga taxminan 25 minut;
- kuniga 550 Vt/soat;
- oyiga 16,5 kVt/soat.

 

◽️ Elektr choynak("tefal")
- quvvati 1800 Vt;
- kuniga taxminan 20 minut;
- kuniga 360 Vt/soat;
- oyiga 10,8 kVt/soat.

 

◽️ Mikrotoʻlqinli pech (duxovka):
- quvvati 1500 Vt;
- kuniga taxminan 20 minut;
- kuniga 300 Vt/soat;
- oyiga 9 kVt/soat.

 

◽️ Kir yuvish mashinasi:
- quvvati 1500 Vt;
- kuniga taxminan 30 minut;
- kuniga 450 Vt/soat;
- oyiga 13,5 kVt/soat.

 

◽️ Suv isitish boyleri(ariston):
- quvvati 1600 Vt;
- kuniga taxminan 1 soat;
- kuniga 1600 Vt/soat;
- oyiga 48 kVt/soat.

 

◽️ 7 ta lampochka(15 Vt dan)
- quvvati 100 Vt;
- kuniga taxminan 3 soat;
- kuniga 300 Vt/soat;
- oyiga 9 kVt/soat.

 

◽️ Changyutgich:
- quvvati 200 Vt;
- oyiga 4 kVt/soat.

 

◽️ Kompyuter;
- quvvati 200 Vt;
- kuniga taxminan 5 soat;
- kuniga 1 kVt/soat;
- oyiga 30 kVt/soat.

 

◽️ Konditsioner:
- quvvati 2,2 kVt;
- kuniga taxminan 4 soat;
- kuniga 8,8 kVt/soat;
- oyiga 264 kVt/soat.

 

Maʼlumot uchun, toʻldirilgan hisob evaziga 1-maydan keyin ham 2 oy davomida eski tarif amal qilishi haqida oldinroq xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//