Jamiyat
Oʻzbekistonda 1-maydan elektr energiyasi va gaz uchun toʻlovlar miqdori oshiriladi, deb xabar bermoqda Gazeta.
Bu 2019-yilning avgust oyidan buyon ilk marta koʻtarilish hisoblanishi aytilmoqda.
Bundan tashqari, energoresurslar isteʼmoli boʻyicha ijtimoiy norma ham joriy etiladi.
Xabarga koʻra, AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Energetika vaziri oʻrinbosari Umid Mamadaminov Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinganini maʼlum qilgan.
Mazkur qarorda yoqilgʻi-energetika resurslarining 2024−2025-yillarda bosqichma-bosqich oʻzgaradigan yangi narxlari hamda 2024-yil 1-maydan boshlab aholi uchun elektr-energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlangan.
Jumladan, 1-maydan boshlab energoresurslar isteʼmoli uchun ijtimoiy norma quyidagicha boʻladi:
◾️ elektr energiyasiga — oyiga 200 kVt/soatgacha;
◾️ gaz (martdan-oktabrgacha) — 100 kub metrgacha;
◾️ gaz (noyabrdan-fevralgacha, yaʼni isitish mavsumida) — 500 kub metrgacha.
Maʼlumot uchun, energiya isteʼmolining ijtimoiy normasi deganda aholi tomonidan sotib olishda imtiyozli tarif qoʻllaniladigan energiya tushuniladi. Yaʼni, energiya maʼlum bir meʼyorgacha nisbatan past (imtiyozli) narxda sotiladi va bu meʼyordan yuqori isteʼmol uchun bozor narxlarida sotiladi.
1-maydan boshlab elektr energiyasi narxi isteʼmolchilarning I va II guruhlari uchun oʻzgarishsiz qoldirilgan boʻlib, bunda 1 kVt/soat uchun narx mos ravishda 1000 soʻm va 900 soʻm boʻladi.
“Isteʼmolchilarning III guruhi, shu jumladan, markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan koʻp qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy isteʼmolchilar uchun 1 oydagi isteʼmoldan kelib chiqib, oyiga:
◽️ 200 kVt/soatgacha boʻlgan qismiga 225 soʻm;
◽️ 200 kVt/soatdan 1000 kVt/soatgacha 450 soʻm
◽️ 1000 kVt/soatdan 5000 kVt/soatgacha 675 soʻm;
◽️ 5000 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha 787,5 soʻm;
◽️ 10 000 kVt/soat va undan yuqori isteʼmol qilgan isteʼmolchilar uchun 900 soʻmdan etib belgilanmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, qolgan maishiy isteʼmolchilar uchun bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib oyiga:
◽️ 200 kVt/soatgacha 450 soʻm;
◽️ 201 kVt/soatdan 1000 kVt/soatgacha 900 soʻm;
◽️ 1000 kVt/soatdan 5000 kVt/soatgacha 1350 soʻm;
◽️ 5000 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha 1575 soʻm;
◽️ 10 000 kVt/soat va undan ortiq isteʼmol qiluvchilar uchun har bir kVt/soat uchun 1800 soʻm etib belgilanmoqda.
Taʼkidlash lozim, isteʼmolchilarning VI guruhi uchun ham narxlar oʻzgarishsiz qoladi, yaʼni bir kVt/soat – 900 soʻm.
Tabiiy gaz ham noyabrdan fevralgacha, isitish mavsumida aholiga yetkazib beriladigan tabiiy gazning bir kubometri narxi:
◽️ 500 kub metrgacha chegarada boʻlganida 380 soʻmdan 650 soʻmgacha;
◽️ 500 dan 2500 kub metrgacha 1500 soʻmdan;
◽️ 2 500 dan 5 000 kub metrgacha 1950 soʻmdan;
◽️ 5 000 dan 10 000 kub metrgacha 2275 soʻm;
◽️ 10 ming kub metrdan yuqori isteʼmol uchun 2 600 soʻmdan etib belgilandi.
Mart-oktabr oylarida:
◽️ 100 kub metrgacha gaz isteʼmoli uchun tariflar 650 soʻm;
◽️ 101 kub metrdan 2500 kub metrgacha 1500 soʻm;
◽️ 2500 kub metrdan 5000 kub metrgacha 1950 soʻm;
◽️ 5000 kub metrdan 10 ming kub metrgacha 2275 soʻm
◽️ 10 ming kub metrdan ortiq isteʼmol uchun 2600 soʻmdan etib belgilandi.
Agar hisoblagichlar yoʻq boʻlganda ovqat tayyorlash va issiq suv taʼminoti uchun beriladigan gazning bir kub metri 660 soʻmdan 1200 soʻmga (+81,8 foiz), isitish uchun 380 soʻmdan 700 soʻmgacha (+84,2 foiz) oshadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz tarifi ham 1 kgga 1120 soʻmdan 1600 soʻmga (+42,8 foiz) oshadi.
Bundan tashqari, 1-iyuldan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalariga (AGTKSH) yetkazib beriladigan gaz narxi 1500 soʻmdan 1800 soʻmga (+12%) koʻtariladi.
Xabarda 2025-yil 1-apreldan tariflar yana oshishi haqida yozilmoqda.
Markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan koʻp qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy isteʼmolchilar uchun tarif oyiga:
◽️ 200 kVt/soatgacha boʻlgan ijtimoiy norma doirasida 225 soʻmdan 300 soʻmgacha oshadi;
◽️ 201 kVt/soatdan 1000 kVt/soatgacha 500 soʻm;
◽️ 1000 kVt/soatdan 5000 kVt/soatgacha 750 soʻm;
◽️ 5000 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha 875 soʻm:
◽️ 10 ming kVt/soatdan yuqori isteʼmol uchun 1000 soʻm etib belgilanadi.
Boshqa maishiy isteʼmolchilar uchun 1 kVt/soat elektr energiyasining narxi oyiga:
◽️ 200 kVt/soatgacha isteʼmol qilinganda 450 soʻmdan 600 soʻmgacha oshiriladi;
◽️ 201 kVt/soatdan 1000 kVt/soatgacha 1000 soʻm;
◽️ 1000 kVt/soatdan 5000 kVt/soatgacha 1500 soʻm;
◽️ 5 000 kVt/soatdan 10 000 kVt / soatgacha 1 750 soʻm;
◽️ 10 ming kVt/soatdan ortiq ortiq isteʼmol uchun 2 000 soʻm boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q