Krokusʼdagi terakt vaqtida 17 yoshli tojikistonlik yigit qahramonlik koʻrsatdi

Saqlash
12:03 / 27.03.2024 1259 0

Maʼlum boʻlishicha, ismi-sharifi Bunavshox Erkinov boʻlgan bu yigitcha Tojikiston fuqarosi. U 17 yoshda va Crocus City Hall binosida joylashgan “Aquarium” mehmonxonasi restoranida 2022-yilning kuzidan beri ofitsiant boʻlib ishlab kelgan.

 

22-mart sanasida sodir boʻlgan terakt Bunavshoxning navbatchilik vaqtiga toʻgʻri kelgan. Oʻsha kuni kechqurun, taxminan 20:00da bir kishi restoranga kirib kelib, suv soʻragan va yerga hushsiz yiqilgan. Yigitning aytishicha, u notanish kishining yaralanganini darhol tushungan.

 

“Ehtimol uning oʻzi ham buni bilmagandir. U kelib suv soʻradi. Men uni juda qattiq qoʻrqib ketgan deb oʻyladim”, – deydi Bunavshox voqeani eslab .

 

Uning soʻzlariga koʻra, muassasa xodimlari erkakni oʻrindiqlarga yotqizib qoʻyayotganida belining orqa tarafidan yaralanganini payqagan va yaradorni sochiq bilan bogʻlab qoʻygan. Notanish odam koʻp qon yoʻqotgan. 

 

Oradan sal oʻtib restoranni tark etish buyrugʻi eshitilgan. Shunda barcha xodimlar zudlik bilan tashqariga otilgan, biroq Bunavshox yordam soʻragan odamni tashlab ketmagan va uning yonida qolgan. U yaradorga birinchi tibbiy yordamni koʻrsatgan.

 

Yarim soatdan keyin restoranga militsioner hamda mehmonxona xodimlari kelgan va tojikistonlik yigit bilan birga yaradorni tez yordam mashinasiga olib ketgan. Bunavshox u odamning ismi Vladimir ekanligini eslaydi.

 

Oldinroq Krokusʼda 100 nafardan koʻp odamning hayotini saqlab qolgan Ozarboyjon fuqarosi hamda 100 nafarga yaqin odamni qutqargan 15 yoshli oʻsmir haqida xabar bergan edik.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish